Tanqiddan söng örganiş boşlandi: Şovotdagi “zaharli oqova suv” holati tekşirilmoqda
12-05-2026, 18:03
177 марта
Tanqiddan söng örganiş boşlandi: Şovotdagi “zaharli oqova suv” holati tekşirilmoqdaIjtimoiy tarmoqlarda Şovot tumani Tibbiyot birlaşmasi atrofidagi holat yuzasidan tarqalgan xabarlardan söng mutasaddi taşkilotlar tomonidan örganiş işlari boşlandi.
Xorazm viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi matbuot xizmati malum qilişiça, “Şovot tumani Tibbiyot birlaşmasi atrofidagi mudhiş manzara — tibbiyot muassasasidan çiqayotgan zaharli oqova suvlar oçiq tabiatga oqizib qöyilgani oqibatida gujumlar qurib qolayotgani” haqidagi xabar yuzasidan dastlabki tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Örganiş jarayonlarida Ekologiya politsiyasining Şovot tumani bölimi xodimlari hamda Şovot tumani Ösimliklar karantini bölimi mutaxassislari iştirok etmoqda.
Masullar örganiş yakunlariga köra qöşimça axborot taqdim etilişini malum qildi.