USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyadan uzilgan Paşinyan, viruslangan Kongo va JÇning maşmaşalari — WEEKEND

46 марта
Россиядан узилган Пашинян, вирусланган Конго ва ЖЧнинг машмашалари — WEEKEND

11 iyun, Atsteka stadioni, uzoq va intizorlik bilan kutilgan futbol böyiça Jahon çempionati boşlandi. Özbekiston terma jamoasi uçun birinçi bölgan uşbu mundial hali boşlanmasidanoq kutilmagan va unutilmas voqealarga boy böldi. AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligi ostida keçayotgan uşbu turnir atrofida sodir bölayotgan voqealarni kuzatar ekansiz, “şunaqasi ham bölişi mumkin ekanda”, deb beixtiyor hayratga tuşişinggiz aniq. Xöş bu galgi çempionatning dastlabki kunlari qanday ötdi?

SSSR parçalangaç, yangi paydo bölgan davlatlarning köpçiligi turli sohalarda Rossiyaga suyanib qolgan edi. Ammo Moskvaning işonçni suiistemol qilişi, hamkorlariga “katta oğa” közi bilan qaraşi, döstlarini undan uzoqlaştirmoqda. Armaniston ham Kremlga işonib pand yegan davlatlardan biri va ötmişdan olgan xulosalariga tayangan holda bugun amaldagi hukumat Ğarbga suyanişni afzal körmoqda. Yaqinda bölib ötgan saylov natijalari esa hukumatning tanlagan yöli töğri ekanligini körsatyapti. Endi Yerevan Moskvadan yuz ögiradimi?

Aytişlariça, antik davrda sport öyinlari vaqtida eng katta uruşlar ham töxtatilib, duşmanlar sulhlar tuzişgan ekan. Ammo bugungi “rivojlangan” davlatlarning talaşayotgan narsasi şu qadar jiddiyki, hatto dunyoda bayram kabi nişonlanuvçi Jahon çempionati ham ularni qon tökişdan töxtatib turolmayapti. Yana AQŞning Eronga hujumlari va 39-marta tinçlikka örnatişga uriniş. Eski uruşda nima yangiliklar?

Jahon çempionati siyosatçilar qölida

Nafaqat uşbu haftaning, balki butun yilning eng muhim voqelaridan biri şubhasiz 2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionatidir. Nihoyat 11 iyun kuni butun dunyo intizorlik bilan kutgan katta turnir start oldi. AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida ötayotgan tarixdagi ilk 48 jamoali mundial ayniqsa Özbekistonlik futbol ixlosmandlari uçun yangi davrni boşlab berdi. Negaki, Özbekiston terma jamoasi Markaziy Osiyo davlatlari içida birinçi bölib Jahon çempionatida töp suruvçi guruhga aylandi.

Biroq turnir boşlanişidan oldin yuzaga kelgan siyosiy va taşkiliy mojarolar, ayrim davlatlar vakillariga nisbatan qöllangan keskin nazorat çoralari hamda immigratsiya bilan boğliq bahslar ana şunday xursandçilik kunlarda ham köngilni xira qiladi.
Jahon çempionatining ilk oçiliş marosimi Meksika poytaxtidagi afsonaviy Atsteka stadionida bölib ötdi. Har bir Jahon çempionatida bölgani kabi Meksikadagi oçiliş marosimida ulkan gala-kontsert taşkil etildi. Oçiliş marosimida kolumbiyalik yulduz Şakira hamda nigeriyalik sanatkor Burna Boy turnirning rasmiy qöşiği “Dai Dai”ni ijro etdi. Şuningdek, qator mahalliy yulduzlar: J Balvin, Tayla, Alexandro Fernandes, Belinda, Mana, Los Angeles Azules va boşqa maşhur ijroçilar sahnaga çiqdi.

FIFA har doim mundiallarning oçiliş marosimiga şunçaki şou sifatida emas, balki mezbon davlatlarning madaniyatini dunyoga namoyon etuvçi bayram sifatida qaraydi. Ammo bu galgi tadbir tomoşabinlarning qator etirozlariga sabab bölmoqda. Köpçilikning fikriça, marosim köproq musiqiy festivalni eslatgan va futbol ikkinçi planga tuşib qolgan.

Balki şu sabab ham, FIFA şiori aynan “Futbol dunyoni birlaştiradi”, bölsa kerak.

Mundialning ilk öyini ham aynan Atsteka stadionida bölib ötdi. Şu vaqtgaça köplab oçiliş öyinlarida öynagan, lekin ğalaba qila olmagan Meksika bu safar Janubiy Afrika Respublikasini 2:0 hisobida mağlub etdi. Turnir tarixidagi ilk golga Hulian Kinyones mualliflik qilgan bölsa, tajribali hujumçi Raul Ximenes ikkinçi golni urib, mezbonlarga işonçli ğalabani taqdim etdi. Şu tariqa Meksika mundialni öz uyida muvaffaqiyatli boşladi.

Birinçi kunning ikkinçi uçraşuvi Gvadalaxarada bölib ötdi. Janubiy Koreya terma jamoasi Çexiyani 2:1 hisobida mağlub etdi. Çexlar Ladislav Kreyçi orqali hisobni oçgan bölsa-da, koreyaliklar Xvan In Bom va zaxiradan maydonga tuşgan O Xyon Gyu gollari evaziga kambek amalga oşirdi. Natijada Osiyo vakili guruhdagi muhim 3 oçkoni qölga kiritdi.
Bu yilgi Jahon çempionati nafaqat oçiliş marosimi yoki yangi jamoalarning yorqin öyini bilan, balki siyosiy mojarolar fonida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar bilan ham esda qoladigan körinadi.

Eng köp munozaralarga sabab bölayotgan mavzu şubhasiz Eron bilan boğliq. AQŞ va Eron örtasidagi munosabatlar sönggi oylarda yanada keskinlaşgani fonida Tehron mundialda iştirok etiş bilan boğliq qiyinçiliklarga duç keldi. Dastlab Eron Sport vaziri Ahmad Donyamali, hatto mamlakat terma jamoasining Jahon çempionatida qatnaşa olmasligi mumkinligini aytgandi. Bunga AQŞ hududida xavfsizlik bilan boğliq xavotirlar va ikki davlat örtasidagi siyosiy ziddiyatlar sabab qilib körsatildi.

Vaziyat yanada murakkablaşganidan söng, Eron tomoni FIFA’ga murojaat qilib, jamoa öyinlarini AQŞdan taşqarida ötkazişni söradi. Garçi Meksika hukumati ham bunday variantni maqullagan bölsa-da, FIFA taqvimni özgartirmadi va Eron guruh bosqiçidagi barça uçraşuvlarini AQŞ şaharlarida ötkazadigan böldi.

Bundan taşqari Eron delegatsiyasining ayrim azolari AQŞ vizasini ham ololmagani aytilmoqda. Xususan, federatsiyaning bir qator yuqori lavozimli vakillari va mamuriy xodimlariga mamlakatga kirişga ruxsat berilmadi. Eron Futbol federatsiyasi bu holatni sportga siyosatning aralaşuvi sifatida baholadi va Vaşingtonni kamsituvçi siyosat yuritişda aybladi. AQŞ tomoni esa muammo futbolçilarda emas, balki delegatsiya tarkibidagi ayrim şaxslarning faoliyati va xavfsizlik bilan boğliq masalalarda ekanini bildirdi.

“Eron öz delegatsiyasi tarkibiga sportga heç qanday aloqasi yöq bölgan hamda Eron Islom inqilobi muhofazaçilari korpusi yoki şunga öxşaş tuzilmalarga aloqador bölgan bir guruh odamlarni kiritib olişlariga aslo yöl qöymaymiz. Şuning uçun biz buni juda diqqat bilan kuzatib boramiz”, – dedi AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio.

Bundan taşqari Eron terma jamoasining maşğulot bazasi AQŞning Arizona ştatidan Meksikaga köçirildi. Malum qilinişiça, endi har bir öyindan keyin eronlik futbolçilar samolyotda Meksikaga qaytişga majbur. Terma jamoa vakillarida viza bölsada, Tehron hukumati ularning xavfsizligini rökaç qilib, AQŞga faqat öyin uçun kirişga ruxsat etildi.

Nafaqat futbolçi yoki hakamlar, balki Eronlik muxlislar ham qator qiyinçiliklarga duç keldi. Federatsiya malumotlariga köra, muxlislar uçun ajratilgan ayrim çiptalar turnir oçilişidan bir neça kun oldin bekor qilingan. Qisqa qilib aytganda, Yaqin Şarqdagi uruşning sadosi AQŞdagi futbolsokker stadionlarigaça yetib kelmoqda.

Eronniku tuşunsa böladi, ammo somalilik hakamda nima ayb? Jahon çempionati arafasidagi yana bir eng şov-şuvli voqea somalilik hakam Omar Abdulqodir Artanning Amerikaga kiritilmagani böldi. 34 yoşli referi tarixda Jahon çempionatida faoliyat yuritgan ilk somalilik hakam bölişi mumkin edi. FIFA uni mundialning asosiy 52 hakami röyxatiga ham kiritgan edi.

Biroq Artan AQŞga yetib kelganidan söng, mamlakatga kiritilmadi va ortga qaytarib yuborildi. Rasmiy sabablar töliq oçiqlanmagan bölsa-da, voqea AQŞning ayrim davlatlarga nisbatan qöllayotgan immigratsion çeklovlari bilan boğlanmoqda. Natijada Artan öz faoliyatidagi eng katta musobaqada işlaş imkoniyatidan mahrum böldi.

Mazkur voqea xalqaro futbol jamoatçiligida katta norozilik uyğotdi. Ijtimoiy tarmoqlarda FIFA va uning amaldagi rahbariyati ham tanqid ostida qoldi. Köpçilik taşkilot dunyoning eng yirik futbol musobaqasida işlaşi kerak bölgan hakamning huquqlarini himoya qila olmaganini takidladi.

Şu bilan birga, boşqa bir qator terma jamoalar ham AQŞ hududiga kirişda noodatiy tekşiruvlarga duç kelgani haqida videolar tarqaldi. Xususan, Özbekiston terma jamoasi delegatsiyasining tekşiruvdan ötkazilgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Videolarda futbolçilar va murabbiylar ştabi azolaridan telefonlarini topşirişgan, çöntaklarini böşatib va hatto sumkalarini oçib jinoyatçilarni tekşirgan kabi maxsus itlar yordamida tekşiruvdan ötkazilgan.

Bu holat özbekistonlik muxlislarning keskin noroziligiga sabab böldi. Ayniqsa, boşqa ayrim Yevropa jamoalariga nisbatan bunday çoralar qöllanmagani haqidagi iddaolar bahslarni yanada kuçaytirdi. Internetda “Ular futbolçilar, jinoyatçilar emas” mazmunidagi fikrlar keng tarqaldi.

Biroq Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro vaziyatni yumşatişga harakat qilib, bu odatiy xavfsizlik tekşiruvlari bölib, Jahon çempionatiga kelgan köplab delegatsiyalar şunday nazoratdan ötganini aytgan.

Şunga qaramay, Senegal, Iroq va Belgiya terma jamoalari vakillari ham qöşimça tekşiruvlarga duç kelgani haqidagi xabarlar tanqidlarni töxtatmadi. Ayrim ekspertlar bunday muhit futbolçilarning ruhiy holatiga ham salbiy tasir qilişi mumkinligini aytmoqda.

Aslida, xavfsizlik çoralarining kuçaytirilişi bugungi geosiyosiy vaziyatda tuşunarli. Biroq tanqidçilarga köra, Jahon çempionatiga kelayotgan futbolçilar va rasmiy delegatsiyalar oddiy sayohatçilar emas. Ular FIFA akkreditatsiyasiga ega bölgan professional sport vakillari hisoblanadi. Şu sabab ayrim davlatlar delegatsiyalariga nisbatan qöllanayotgan keskin nazorat çoralarini köpçilik ortiqça deb hisoblamoqda.

"AQŞda bölib ötayotgan bu FIFA Jahon çempionati boşlanişidan oldin ham eng yomon turnirga aylanib bormoqda! Bu şunday bölişi kerak emas", dedi Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyaçisi Stiven Jerrard.

Şunday bölsa-da, hali bayram oldinda. Özbekiston terma jamoasi mundialdagi ilk öyinlarini ötkaziş arafsida turipdi.

  • 18 iyun Toşkent vaqti bilan soat11:00 da – Özbekiston va Kolumbiya bilan öynaydi.
  • 23 iyun Toşkent vaqti bilan 00:00 da  – Portugaliya va Özbekiston turnirdagi muhim oçkolar uçun kuraş olib boradi.
  • 27 iyun Toşkent vaqti bilan 06:30da – Özbekiston özining guruh bosqiçidagi sönggi öyinini Kongo DR qarşi ötkazadi.

Özbekiston terma jamoasiga QALAMPIR.UZ jamoasi tomonidan omad tilaymiz.

Paşinyanning qaltis öyini

Armanistonda 7 iyun kuni bölib ötgan parlament saylovlari nafaqat mamlakatning içki siyosati, balki butun Janubiy Kavkaz mintaqasining kelajakdagi siyosiy yölini belgilab berdi deyiş mumkin. Saylov natijalariga köra, Boş vazir Nikol Paşinyan boşçiligidagi “Fuqarolik şartnomasi” partiyasi 49,8 foiz ovoz olib, parlamentdagi köpçilikni saqlab qoldi. Uning asosiy raqibi – Rossiyaga yaqin pozitsiyadagi “Kuçli Armaniston” bloki esa 23 foizdan ortiq ovoz töpladi.

Mazkur saylov köplab ekspertlar tomonidan Armanistonning geosiyosiy tanlovi böyiça referendum sifatida baholanmoqda. Sönggi yillarda Paşinyan hukumati mamlakatni asta-sekin Rossiya tasiridan uzoqlaştirib, Yevropa Ittifoqi va AQŞ bilan yaqinroq hamkorlik qiliş siyosatini olib borayotgan edi. Ayniqsa, 2023 yilda Toğli Qoraboğ ustidan nazoratning töliq Ozarbayjonga ötişi va Kremlning Yerevanga kutilgan darajada yordam bermagani arman jamiyatida Moskvaga nisbatan işonçsizlikni kuçaytirib yubordi.

Tarixdan xulosa çiqargan Armaniston avvaliga Rim statutini qabul qilgan bölsa, keyinçalik, Frantsiya va AQŞ bilan harbiy ittifoqçilik aloqalarini boşlab yubordi. Rossiyaning manfaat zonalarini qisqartiriş ilinjida AQŞ ham uşbu kiçikkina toğli davlatga keng imkoniyatlar yaratib, tez fursatda munosabatlarni har tomonlama strategik şeriklik darajasigaça olib çiqdi.
AQŞ tasiriga tuşib qolmaslik uçun Paşinyan bir paytning özida Yevropa davlatlari bilan ham yaqinlaşiş yölini tanladi. 2025 yil 26 mart kuni Milliy Assambleya mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş jarayonini qonuniy ravişda boşlaş va buni rasmiy kun tartibiga kiritişni közda tutuvçi "EIga integratsiya töğrisida"gi qonun hujjatini qabul qildi.

Şu yilning özida ham Armaniston YeIning qator yiğinlariga mezbonlik qildi. Xususan, Yevropa Siyosiy Hamjamiyati Sammiti va "EI – Armaniston" Oliy Darajadagi Sammiti kabi rasmiy tadbirlar Yerevanning Yevropa tomon ildam qadam taşlayotganining yaqqol namunasidir.

Saylov natijalari esa Paşinyan tanlagan uşu siyosiy yöl xalqqa maqul kelganidan darak bermoqda. Garçi, Rossiyadan uzuliş Armaniston kabi kiçik va aholisi ham nihoyatda kamgina davlat uçun oğriqli bölsa-da, Ğarbning qöllovi bilan bu vaziyatdan çiqib ketişga umid qilinmoqda.

“Men yana bir narsani aytmoqçiman. Siyosiy va ijtimoiy jarayonning barça iştirokçilariga murojaat qilmoqçiman. Armaniston xalqi öz qarorini qabul qilib böldi; Armaniston xalqi yangi siyosiy vaziyatni yaratdi”, deydi Boş vazir saylovdan keyingi nutqida.

Qisqa qilib aytganda, Armanistondagi saylov oddiy hokimiyat uçun kuraş emas edi. Bu mamlakatning Şarq va Ğarb örtasidagi strategik tanlovi, Ozarbayjon bilan tinçlik istiqbollari hamda Rossiyaning mintaqadagi kelajakdagi roliga oid muhim savollarga jabob böldi.

39-marta "tinçlik yaqin"

Yaqin Şarq maydonida mantiqsiz uruş davom etmoqda. Bu gal AQŞ tinçlik sulhiga çorlaş uçun Eronga ballistik raketalar biln hujum qildi. 10 iyun kuni AQŞ Markaziy qömondonligi Eron hududidagi bir neçta nişonga 49 ta "Tomahawk" qanotli raketasi bilan zarba berdi. Kiş, Sirik, Bandar-Abbos, Isfahon, Karaj kabi şaharlar asosiy nişon ostida bölgan.

AQŞ Mudofaa vaziri Pit Xegset esa uşbu zarbalarning maqsadi uruşni kengaytiriş emas, balki kelişuvga erişiş uçun şaroit yaratiş ekanligini takidladi.

Eron ham qölidan kelganiça javob qaytardi, Quvayt, Iordaniya va Bahrayindagi AQŞ harbiy bazalariga raketa zarbasi berildi. "Hizbulloh" Isroilga hujum boşladi. Hormuz esa töliq yopib qöyildi.

11 iyun kuni Tramp "Truth Social" tarmoğida rejalaştirilgan yangi zarbalar bekor qilinganini elon qilib, Eron bilan muzokaralarda "muhim kelişuvga" erişilganini malum qildi. Ha, yana.

Trampning aytişiça, AQŞ, Isroil, Saudiya Arabistoni, Qatar, Turkiya, Misr va boşqa davlatlar kelişuvning asosiy bandlarini maqullagan. Biroq, yakuniy kelişuv imzolanmagunça dengiz blokadasi saqlanib qoladi.

Eron tomon esa doimgidek, hali heç qanday sulh harakatlari bölmaganini malum qilib, özlarining navbatdagi 14 bandlik tinçlik kelişuvi loyihasini elon qildi. Uşbu reja tarkibidan asosan, Livandagi uruşni töxtatiş, neft va yadro quroli masalasidagi sanksiylarni bekor qiliş, blokadani oçiş va 300 milliard dollarlik kompensatsiya k.abilar örin olgan.

CNN hisobiga köra, Trampning uşbu “xuşxabar” uruş boşlangandan beri 39-marta "kelişuv ikki-uç kunda imzolanadi" mazmunidagi berilgan soxta bayonot ekan. Ammo bu galgisining boşqalaridan bir farqli jihati, bunga Pokiston boş vaziri ham aralaşganidir. 12 iyun kuni Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida AQŞ va Eron örtasidagi tinçlik şartnomasi matni tomonlar örtasida kelişib olingani haqida post joyladi.

Biz tinçlik böyiça yakuniy kelişilgan bitim matni tayyor bölganini tasdiqlaşimiz mumkin. Hozirda Pokiston keyingi qadamlarni yakunlaş uçun har ikki tomon bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, deydi Şarif.

Bu voqea ortidan Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi ham X ijtimoiy tarmoğida Tehron va Vaşington memorandum tuzişga yaqin ekanini malum qilgan.

“Islomobod bilan özaro anglaşuv memorandumi heç qaçon bu qadar yaqin bölmagan edi. Memorandum yakuniy tasdiqlangunga qadar OAV turli taxminlardan tiyilib turişi maqsadga muvofiq. Barça tafsilotlar belgilangan muddatda jamoatçilikka elon qilinadi, deb yozdi Aroqçi.

Geosiyosiy nuqtai nazardan qaraganda, bu uruşning çözilib ketgani oqibatlari allaqaçon sezilmoqda. Hormuz böğozining hatto bir kun yopilişi jahon bozorlariga sezilarli silkinişlarga sabab bölmoqda. Katta ehtimol bilan Eron ham AQŞ ham xoldan toygan. Balki 39-marta aytilgan sulh vadalari ham amalga oşmas, ehtimol 40-martasida muvaffaqiyatli bölar. Nima bölganda ham uruşlar yakuniga umid qilib qolamiz.

Ebola va Kongo

2026 yil 15 may kuni Kongo DR Soğliqni saqlaş vazirligi Ituri viloyatida Ebola kasalligi aniqroği bu safar Bundibugyo virusi tarqalayotganini rasman tasdiqlagan edi. Bu mamlakatdagi 17-Ebola epidemiyasi bölib,  avvalgisi 2025 yil dekabrida tugagan edi. Oradan atigi beş oy ötar-ötmas kasallikning yangi tölqin boşlandi. JSST 17 mayda buni xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deb elon qildi. Bugungaça 630 dan ortiq ebola virusi bilan kasallangan odam aniqlangan bölib, 127 ta ölim holati malum qilingan. Epidemiyalarga tayyorgarlik köriş koalitsiyasi Ebola virusining Bundibugyo ştammiga qarşi vaktsina işlab çiqiş uçun bir neçta tadqiqot guruhlari, jumladan Moderna’ga qariyb 60 million dollar ajratadi.

Virusli epidemiya tarqalişi fonida şifokorlarning iş taşlaşi boşlandi. Tibbiyot xodimlari iş haqini oşiriş, mehnat şaroitlarini yaxşilaş va soğliqni saqlaş sohasiga investitsiyalarni köpaytirişni talab qilmoqda.
Melburndagi Burnet instituti dotsenti Suman Majumdar SBS News naşriga bergan intervyusida işçi kuçini qöllab-quvvatlaşni saqlab qoliş epidemiyaga qarşi kuraşda muhim ahamiyatga ega ekanligini aytdi.

"Jamoat salomatligi favqulodda holatida işçi kuçining uzilişi yuz bergan hollarda, ustuvor vazifa hayotni saqlab qoliş va şoşilinç tibbiy yordamni saqlab qoliş, şu bilan birga uşbu uziliş ortidagi xavotirlarni zudlik bilan hal qiliş bölişi kerak", dedi u.

Ebola bir vaqtning özida futbolga ham öz tasirini ötkazmay qolmaydi. Özbeksitonning saralaş bosqiçidagi raqiblaridan biri Kongo terma jamoasining 9 iyun kuni Ispaniyaning La-Linea-de-la-Konsepson şahrida bölib ötişi rejalaştirilgan Çili terma jamoasi bilan örtoqlik uçraşuvi bekor qilindi.

Malum qilinişiça, Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan boğliq vaziyat sababli şahar meri Xuan Franko uçraşuvni ötkazişni taqiqlovçi qarorni imzolagan. Şahar rahbarining takidlaşiça, mazkur qaror soğliqni saqlaş xavfsizligi nuqtai nazaridan, Andalusiya Soğliqni saqlaş vazirligining tavsiyalari hamda şahar tibbiy xizmati xulosalari asosida qabul qilingan.

“Bu qarorni qabul qilişga majbur bölganimizdan afsusdamiz, çunki uşbu öyin şahar uçun muhim va qiziqarli voqea edi. Biroq Kongodagi sanitariya vaziyati va taqdim etilgan hujjatlar heç qanday xavf yöqligiga töliq kafolat bermaydi. Şu bois mazkur qarorni eng maqbul yeçim deb hisoblaymiz”, deydi Xuan Franko

Şunga qaramay, Kongo DR terma jamoasi 2026 yilgi jahon çempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Kelgusidagi öyinlar taqdiri qanday böladi hali nomalum.

Umumiy xulosa sifatida şuni aytiş mumkinki, barça voqealar bamisoli yilning eng muhim voqeligi – futbol böyiça Jahon Çempionati atrofida aylanayotgandek va bu yaxşi. Negaki “zörman”, degani stadionlarda bellaşgani afzalroq, bir-biriga qurol kötarib hal qilgandan köra.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: