Toşkentda IIO bölinma boşliği pora bilan qölga tuşdi
Toşkent şahrida Içki işlar organlari bölinma boşliğiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, korruptsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida Davlat xavfsizlik xizmati, IIV Şaxsiy xavfsizlik Boş boşqarmasi va Toşkent şahar prokuraturasi hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Jumladan, Şayxontohur tumani IIO FMB TQX Jinoyat qidiruv bölimi bölinma boşliği özining mansabdor tanişlari orqali tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qözğatilgan jinoyat işini ijobiy hal qiliş evaziga 7 ming AQŞ dollari va unga tegişli restoranda sodir bölgan yonğin oqibatida mazkur muassasa işçisining kuyiş jarohati olganligi yuzasidan qözğatilgan jinoyat işini tugatib beriş uçun 500 AQŞ dollari, jami 7,5 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Ötkazilgan tezkor tadbirda mansabdor şaxs oldindan 2,5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Bildirilişiça, hozirda unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyatida mansab vakolatini suiistemol qilib, fuqarolardan pul talab qilgan ikki nafar mansabdor şaxs qölga olingandi.