“75 lar xati” yoxud millat qahramonidan şoqolga aylangan Taşiyev
Qirğiziston siyosiy sahnasida navbatdagi silkiniş. Jogorku Keneş spikeri Marlen Mamataliyev Qamçibek Taşiyevni şoqol deb atadi. Sobiq, qudratli rahbar Taşiyevning kuyovi ham qamoqqa olindi, özi esa sudda söroq qilinmoqda. Bir paytlar Toşkentga “Salimboyvaçça”dan yordam sörab kelgan, “Qirğizistonda tartib örnatib bering” degan, sobiq deputat Emil Jamğirçiyev yana maydonga çiqdi. U Taşiyevga qarşi bayonot berdi. Qamçibek Taşiyev söroq qilinayotgan ayol deputat bilan sudda aytişib ketdi. Yaqin daqiqalar davomida mana şu mavzularga batafsil töxtalamiz.
“75 lar xati” böyiça oçiq sud
Bir paytlar Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning eng yaqin dösti, mamlakat tarixidagi eng obröli şaxslardan biri ekani aytilgan Milliy xavfsizlik davlat qömitasining sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev davlat töntarişini uyuştirişga urinişda ayblanayotganini va sud jarayoni boşlanganini Qalampir.uz’ning doimiy kuzatuvçilari yaxşi biladi. Bu mavzuga birinçi marta duç kelayotganlar esa YouTube sahifamizdan “75 lar xati” sarlavxasi ostidagi videomaterialni tomoşa qilib, barça malumotlarni olişi mumkin.
Ötgan haftada “75 lar xati” böyiça sud iş materiallaridan maxfiylik grifi olib taşlandi va xoinlikda ayblanayotganlar işi böyiça majlis ilk bor oçiq tartibda bölib ötdi. Unda Jogorku Keneş apparati xodimlari, guvohlar tinglandi. Ular “75 lar xati” deb ataluvçi hujjatning parlamentga qanday kelib tuşgani va röyxatdan ötkazilgani haqida gapirib berdi.
“Bu hujjat Jogorku Keneşga 11 fevral kuni kelib tuşgan va röyxatga olingan. Öşa paytda spiker Nurlanbek Turğunbek öğli xizmat safarida edi. U xat böyiça heç qanday körsatma bermagan”, dedi Parlament xodimasi Mariya Isanova.
Röyxatga oliş sektori konsultanti (maslahatçisi) Mayramgul Taştanovaning aytişiça, xat dastlab qabul qiluvçi körsatilmagan holda yuborilgan, şu sababli uni röyxatdan ötkazişning imkoni bölmagan. Uning bildirişiça, sektor mudiri Gulmira Qirbaşeva telefon orqali nomalum erkak kişi bilan boğlangan va şundan söng hujjatga qabul qiluvçining ismi-şarifi kiritilgan.
Yana bir guvoh – parlament apparati xodimasi Aida Mambetovaning sözlab berişiça, xat sohaviy qömitaga 13 fevral kuni tuşgan, 18 fevralda esa kun tartibidan olib taşlangan. Uning sözlariga köra, hujjatda muddatidan oldin saylovlar ötkaziş va prezidentlik vakolatlarini muddatidan avval tugatiş töğrisidagi taklif mavjud bölgan.
Majlis davomida malum bölişiça, xatni Jogorku Keneşga nafaqadagi sobiq davlat arbobi hamda jamoat faoli Emilbek Uzakbayevning haydovçisi yetkazgan.
Suddagi aytişuv
15 iyunda Jogorku Keneş deputati Elvira Surabaldiyeva ham guvoh sifatida söroq qilindi. Jarayonda deputat ayol va ayblanuvçi Qamçibek Taşiyev örtasida tortişuv yuz berdi.
Köpçilikning etiborini tortgan çiqiş Jogorku Keneş spikeri Marlen Mamataliyevniki böldi. U “75 lar xati” taşabbuskorlarini keskin tanqid qilib, ularni şoqol deb atadi.
“Şoqollar va şoqolçalar öz öyinlarini ötkazmoqçi bölişdi, biroq ular heç qaçon şerni yenga olmasligini unutişdi. Çunki, şer ortida 7 million inson turibdi”, dedi u.
Marlen Mamataliyev uşbu gaplarni Jogorku Keneşning 17 iyun kuni bölib ötgan yalpi majlisida, parlament tribunasidan turib aytgan. Spikerning takidlaşiça, maktub taşabbuskorlari ayblovlarni inkor etmoqda.
“Ular qöyilayotgan ayblovlarni rad qilyapti. Biroq ular öz harakatlari va niyatlarini tan olgani maqul bölardi. Mazkur masalaga yakuniy bahoni sud berişi kerak”, degan u.
“Yiqilganni tepkilama”
Sud jarayonlari davom etayotgan bir paytda esa Qirğiziston Jogorku Keneşining sobiq deputati Emil Jamğirçiyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasining sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev şaniga navbatdagi keskin bayonot bilan çiqdi. U ança vaqtdan beri ötmişdagi mojarolarga qaytişni istamaganini, biroq yaqinda bölib ötgan sud majlisidan söng omma oldida sözlaşga qaror qilganini bildirdi.
“Qirğizlarda “yiqilganni tepkilama” degan naql bor. Şu sababli, özimga qarşi qilingan noqonuniy harakatlar va soxta ayblovlar mavzusini qayta kötarişni xohlamadim. Öz hayotim bilan yaşab, heç narsaga aralaşmadim. Lekin endi aytişim kerak. Deputatlik faoliyatim davomida Prezident va parlament komissiyasi azolariga Taşiyevning harakatlari yuzasidan şikoyat qilganman, biroq murojaatlarimning adolatli körib çiqilişiga erişa olmaganman”, dedi u.
Jamğirçiyevning aytişiça, uning yangi bayonot berişiga “75 lar xati” deb atuvçi jinoiy iş böyiça ötkazilgan oçiq sud majlisi sabab bölgan.
“Deputat Elvira Surabaldiyeva söroq qilinayotganda Taşiyevning özini tutişi meni ğazablantirdi. Taşiyevning hamon tahdid va bosim tilida gapirayotganini körib, jim tura olmadim. Bugun u sizga hokimiyatga tayanib, hammani yenggandek tuyulayotgan bölişi mumkin. Ammo qonun va Xudo oldida har kim öz qilmişi uçun javob beradi. Haqiqatni vaqtinça yaşiriş mumkin, lekin uni yengib bölmaydi. Sözlarimni tasdiqlovçi dalillar keyinroq elon qilinişiga işonaman”, dedi sobiq deputat.
Taşiyev ustidan dod degan Jamğirçiyev kim?
Özbekistonliklar Emil Jamğirçiyevni “Salimboyvaçça” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevga boğliq voqealar va uning Qirğizistonda qidiruvga berilişi orqali yaxşi taniydi. 2025 yilda Qirğizistonlik deputat Emil Jamğirçiyev qirğiz-özbek çegarasini noqonuniy kesib ötişda ayblangandi. Uning özbekistonlik “Salimboyvaçça” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevdan Qirğizistonda tartib örnatişda yordam söragani, u bilan yaşirin uçraşuv ötkaziş uçun 2022 yil dekabr oyida çegarani noqonuniy kesib ötib, Toşkentga kelgani Qirğiziston milliy xavfsizlik davlat qömitasi tomonidan elon qilingan va u qamoqqa olingandi.
Taşiyevning kuyovi qölga olindi
Qirğiziston Respublikasi Harbiy prokuraturasi Milliy xavfsizlik davlat qömitasining sobiq rahbari Qamçibek Taşiyevning kuyovi sifatida tanilgan Azamat Diyqanboyevni ham qölga oldi. Unga nisbatan “Xizmat mavqeidan foydalanib firibgarlik qiliş” moddasi böyiça jinoyat işi qözğatildi. Taşkilot malumotiga köra, turli yillarda milliy xavfsizlik organlari tizimida işlagan Diyqanboyev Manas tumani IIBning vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan. Hozirda işning barça holatlarini va boşqa ehtimoliy iştirokçilarni aniqlaşga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.
“75 lar xati”ning stsenariysi
Bugun, 18 iyun kuni bölib ötgan yiğilişda Qirğiziston Jogorku Keneşi torağasi Marlen Mamataliyev “75 lar xati” böyiça olib borilayotgan suriştiruv tafsilotlarini sözlab berdi. U xatning parlamentga kelib tuşiş stsenariysi oldindan rejalaştirilganini va barça manfaatdor şaxslar uni parlamentda kutişganini malum qildi. Uning aytişiça, voqealar joriy yilning 28–29 yanvar kunlaridan boşlangan.
“Öşanda ayrim manfaatdor şaxslar Jogorku Keneşda oziq-ovqat xavfsizligi, yangi haydovçilik guvohnomalari masalalari böyiça çiqişlar qilib, jamoatçilikni ataylab ğalayonga keltira boşlaşgan edi. Şundan söng, Jogorku Keneşga “75 lar xati” kelib tuşgan. Ilgari bu işga aralaşgan şaxslar haqidagi malumotlar maxfiylaştirilgan edi. Biroq hozirda OAVda bu haqda malumotlar paydo bölganini körib turibmiz va men axborotni oçiq ayta olaman. Xatni sobiq spiker Şakiyevning Alaybek ismli yordamçisi qabul qilib olgan. U xatni deputat Çingiz Ajibayevga topşirgan. U esa, röyxatdan ötişni tekşiriş uçun xatni bir muddat özida uşlab turgan. Keyinçalik xat konstitutsiyaviy qömita rahbari bölgan Qurmanqul Zuluşevga berilgan”, deydi Marlen Mamataliyev.
Ikki döst, ajoyib tandem sifatida baholangan Sadir Japarov va Qamçibek Taşiyev atrofida sodir bölayotgan voqealar mana şu zaylda davom etmoqda. Ulardan xabardor böliş uçun QALAMPIR.UZ’ni kuzatib boring.