Alamli mağlubiyat bilan kelgan ertaning işonçi
Bugun, 18 iyun Toşkent vaqti bilan tonggi soat 07:00 da Özbekiston futbolida çinakam tarixiy voqea sodir böldi. Bu şunday voqea ediki, uni butun millat mustaqil bölganidan beri orziqib kutardi. Şunday muxlislar bor ediki, Özbekiston nomi ostidagi terma jamoa uçun borini bergan, hatto jonini-da xatarga qöyib muxlislik qilişgandi. 34 yillik şunaqa qonli va sabrga yöğrilgan köz yoşlari manaşu tongda quvonç va iftixor yoşlariga sabab böldi.
Özbekiston milliy terma jamoasi mundialdagi ilk tarixiy öyinini 1:3 hisobidagi mağlubiyat bilan boşladi. Öyinning dastlabki vaqtlarida işonçli harakat qilgan “Oq börilar” öz darvozasidan 40-daqiqada Luic Diacning markazdan bergan ajoyib uzatmasi oqibatida dastlabki golni olib çiqdi. Ammo ikkinçi bölimda Fabio Kannavaro şogirdlari tizginni bir muddat qölga olib, taşkil qilingan xavfli hujum ortidan Abbosbek Fayzullayev boş bilan gol urdi va Özbekistonning Jahon çempionatidagi ilk goliga mualliflik qildi. Afsuski, keyin markazdagi xato va qarşi hujumdagi tezkorlik ortidan Ötkir Yusupov darvozasi yana ikki bor işğol qilindi.
Bu bölib ötgan bahsning umumiy fondagi körinişi bölsa, uni asli negizida nimalar mağlubiyatga sabab bölgani-yu, nimalalar muxlislarga işonç va umid berganini payqaş mumkin. Quyida QALAMPIR.UZ sizga mana şunday tafsilotlarni taniştiradi.
Kolumbiya va mağlubiyat alami
Jahon çempionatining “K” guruhidan örin olgan Özbekiston va Kolumbiya terma jamoalari örtasidagi bahs tomoşabin va tahlilçilarning kutgan va kutmagan vaziyatlariga boy böldi. Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston termasining FIFA doirasida avvalgi ikki örtoqlik öyini muxlislarni ikki qutbga ajratgan edi. Aksariyat muxlislar va futbol ekspertlari Özbekistonning ilk öyinda mağlubiyatini taxmin qilgandi va bu haqiqatga aylandi. Biroq gap şundaki, “Oq börilar” qilingan kutilmalardek faqat himoyaviy öyin ötkazmadi, ular öyinning malum vaqtlarida ustunlik ham qildi va hatto, bir qadam oldinda böla olişini ham isbotlaydigan harakatlarni amalga oşirdi.
Agar vaziyatga real qaraydigan bölsak, Kolumbiya terma jamoasi dunyoning eng kuçli terma jamoalari qatorida eslanadi. Buni jamoa avvalgi mundial turnirlaridagi natijalari va iqtidorlari orqali isbotlab qöygan. Aniq raqamlarga qaraydigan bölsak, Kolumbiya terma jamoasi FIFA reytingida 13-örinni egallab, Janubiy Amerika (CONMEBOL) mintaqasida Argentina (1-örin) va Braziliyadan (6-örin) keyingi yuqori örinlardan birida joylaşgan.
Nestor Lorenco qöl ostidagi “kofeçilar” 2022 yilgi JÇni ötkazib yuborgandan söng tarkibni sezilarli darajada kuçaytirdi va dunyoning eng xavfli jamoalaridan biriga aylandi. Jamoa hujumida bugunning eng kuçlilarida biri Luis Dias, Luis Suarez va Xames Rodriges harakat qilayotganining özi köp narsani oydinlaştiradi.
Bundan taşqari, avval aytilganidek, bahs bölib ötgan Meksikadagi “Atsteka” stadioni dunyodagi dengiz sathidan eng balandda joylaşgan maydon hisoblanadi. Bu esa maydondagi futbolçilarda yaxşigina bosim va tez çarçoq yuzaga keltiradi. Kolumbiyaning mintaqaviy joylaşiş nuqtasini hisobga olsak, ular deyarli öz uyida öynadi. Özbekiston esa bu jihatdan ham moslaşişga majbur böldi.
Şu bilan bir qatorda, mundial oldidan Özbekiston milliy terma jamoasining asosiy figuralaridan biri bölgan Jaloliddin Maşaripovning jarohatdan foriğ bölolmagani ham jamoa kayfiyatiga salbiy ruh bergani sezilgandek böldi.
Umuman olganda, vaziyatga real nigoh bilan qaralsa, mağlubiyat kutilmagan deb bölmaydi. Bunga avvaldan yetarli sabablar ham bor edi. Ammo tablodagi 1:3 hisobi kutilmagan edi. Ha, hisob kutilmagan va alamli böldi. Sababi Kannavaro şogirdlari dastlabki daqiqalardan işonçli va jamoaviy öyin körsatdi. Şomurodov boşçiligidagi jamoa çuqur himoyalangan bölsa-da, buni yuqori texnika va hujumkor jamoa bilan birga uşlab turiş oson emasdi.
Raqamlar tilga kirsa
Agar aniq raqamlarga qarasa, statistika öyinning umumiy manzarasini körsatib beradi, ammo mağlubiyat ortida kuçsiz Özbekistonning işonçsiz öyini emas, aksinça, tajriba va raqibning klassi yotganini bahsni kuzatganlar yaxşi his qildi.
Kolumbiya dastlabki 45 daqiqalikda öyinni töliq nazorat qildi. Undagi töp nazorati 72 foiz böldi. “Oq börilar”ning bunday yuqori tempga va Luis Dias boşçiligidagi hujumkor bosimga moslaşgunlariça biroz vaqt ketdi. Albatta, bu vaziyatda köpçilik tezkor goldan saqlanişni bod-bod takrorlagan bölsa-da, oqlar dastlabki daqiqalardan işonçli öyin körsatib, raqib hujumlariga yaxşigina qarşilik qildi.
Bundan taşqari, kolumbiyaliklar özlaridagi 4 ta yaqqol golli vaziyatning 3 tasidan unumli foydalandi. Ayniqsa, uçraşuv qahramoni Dias öz sözini aytdi. Bugun u hamma joyda öynadi. Tabiiyki, hujumçi turli naşrlar talqiniga köra 8,5 ballga munosib körildi va bahsning eng yaxşisi deb etirof etildi. Ötgan butun mavsum davomida Yevropa maydonlarida körsatgan öyini ham Diasning eng yuqori formada ekanidan dalolat berardi.
Şuningdek, Özbekiston tarkibida Abbosbek Fayzullayev eng faol futbolçilardan biri böldi. U jamoaning JÇdagi ilk goliga mualliflik qildi va “SofaScore” talqiniga köra 7,1 reytingga sazovor böldi. Otabek Şukurov ham markazda barqaror öyin namoyiş etib, 45 ta aniq pas va 62 marta töp bilan harakat qiliş orqali jamoaning ikkinçi bölimdagi faolligiga hissa qöşdi.
Qanot muammosini yopgan Kannavaro va himoya
Özbekiston jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro jamoani 3-4-2-1 sxemasida maydonga tuşirib, qanotlarni mustahkamlamoqçi böldi. Murabbiy köpçilik hayiqqan qanotlar muammosini alo darajada yopdi. Ayniqsa, öyinda öng qanotda harakat qilgan Behruzbek Karimov alohida ajralib turdi. U Dias qanotini yaxşigina sovitib turdi va mana şu jihatdan birinçi golda kolumbiyalik hujumçi golli uzatmani öz qanotidan emas, markazdan amalga oşirişga majbur böldi.
Özbekiston himoyasi yaxşi öyin ötkazdi deyişga tablodagi hisob yöl qöymasada, avvalgi jamoalarga qarşi öyinlarni hisobga olib buni yaxşi deyiş mumkin. Jamoada eng kerakli narsa, himoyaviy hamjihatlik körindi. Bundan taşqari, yigitlar bazi vaqtlarda butun etiborini himoyaga qaratmaganidan tezkorlik va pozitsiyalarning boy berilişi, Eldor Şomurodovning markazdagi kutilmagan xatosi va yakuniy daqiqalardagi diqqatni yöqotiş ortidan raqibga erkinlik va hisobda ilgarilaş imkonini berdi. Bunday yuqori darajadagi turnirlarda har qanday xato, ayniqsa, markazdagi xatolar qimmatga tuşişi turgan gap edi.
Biroq hisob 3:1 bölişiga qaramay, içki statistika va öyin mazmuni Özbekiston terma jamoasining salohiyati aslida yetarli darajada ekanligini isbotladi. Oqlar ikkinçi bölimda yakkakuraşlarning 56 foizida ğalaba qozondi va havodagi duellarda ham ustunlik qildi. Şu bilan birga, ikkinçi bölimda xG (kutilayotgan gollar) körsatkiçini 1.12 gaça oşirib, raqib darvozasi tösinini nişonga oldi. Agar öşa vaziyatlarda omad kelganida, öyin kamida durang bilan tugaşi heç gap emasdi.
Futbolçilarimdan ğururlanaman – Kannavaro
Kolumbiyaga qarşi uçraşuvdan keyin matbuot anjumanida Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro öyin haqida öz fikrlarini bildirdi. Murabbiyning aytişiça, jamoa ikkinçi bölimda öyinni özgartira olgan va taşabbusni qölga olişga harakat qilgan.
“Öyin qiziqarli ötdi. Ikkinçi bölimda biz öyinni özgartirişga erişdik. Çap qanotdan imkoniyatlar yaratdik. Öyin nazoratini öz qölimizga olişga harakat qildik. Avvalambor, biz Özbekistonni butun dunyoga ijobiy namoyiş etiş uçun bu yerga keldik. Kolumbiya singari jamoalarga qarşi öynaş, töpsiz harakat qiliş oson emas. Umuman olganda, ikkinçi bölimda yaxşi harakat qildik, biroq afsuski gol ötkazib yubordik”, deydi u.
Kannavaro mazkur bahsni tarixiy öyin sifatida baholar ekan, jamoa kelgusida xatolar ustida işlaşini qayd etdi.
“Biz bu stadiondagi uşbu öyinni eslab qolamiz. Çunki bu tarixiy öyin. Biz Jahon çempionatidamiz. Bugungi öyin biz uçun yaxşi böldi, deb ayta olaman. Xatolar böldi, ular ustida işlaymiz. Futbolçilarimdan ğururlanaman. Ular yaxşi öynaşdi. Bugun qiyin öyin böldi. Bunday stadionda, muxlislar qarşisida öynaş oson emas. Lekin bu sizga köproq motivatsiya berişi ham mumkin”, deydi Fabio Kannavaro
“Abbos tarix yaratdi!”
Öyinning 61 daqiqasi – Özbekiston tarafi bir gol farqi bilan orqada borib, hujum uyuştirdi. Eldor Şomurodov Kolumbiya darvozasi tomon bergan zarbasini Kamilo Vargas tösişga ulgurdi, ammo Abbosbek Fayzullayev qaytgan töpni boşi bilan darvozaga yönaltirib, Özbekiston terma jamoasining Jahon çempionatlari tarixidagi ilk goli muallifiga aylandi.
Uşbu boş bilan yöllangan zarba orqali yarim himoyaçi bundan avval urugvaylik Jorjian de Arraskaetaga (böyi 173 sm) tegişli bölgan rekordni yangilab, XXI asrda bölib ötgan Jahon çempionatlarida boş bilan gol urgan eng past böyli futbolçi sifatida rekord örnatdi. U har taraflama tarixga özining öçmas nomini yozib qoldirdi.
Bu jarayonni butun dunyo bevosita kuzatib bordi. Xususan, Abbosbek Fayzullayevning “TsSKA Moskva” klubidagi ilk murabbiyi Dmitriy An futbolçi JÇ guruh bosqiçining 1-turida Kolumbiyaga qarşi öyinda urgan goliga munosabat bildirdi.
“Abbos tarix yaratdi! Özbekiston terma jamoasining Jahon çempionatlaridagi ilk golini aynan uning urgani juda quvonarli. U tarixga kirdi va bunga öz hissasini qöşdi. Unda doimo golni his qiliş qobiliyati bölgan. Hatto saralaş öyinlarida ham böyi unçalik baland bölmasa-da, boş bilan muhim gollar urardi. Bunday natija qayd etilganidan juda mamnunman. Uning nomidan xursandman”, deydi Dmitriy An “Çempionat” saytining muxbiri bilan suhbatda.
Bundan taşqari, rossiyalik taniqli sport şarhlovçisi Dmitriy Guberniyev ham terma jamoalar örtasidagi uçraşuv yakunlariga munosabat bildirdi.
“Jahon çempionatida Özbekiston hali öz sözini aytadi! Porla, Toşkent, futbol şarqining yulduzi!” deb yozdi Guberniyev özining Telegram-kanalida.
Şuningdek, yana bir rossiyalik maşhur murabbiy Aleksandr Grigoryan ham özining bahs doirasidagi fikrlarini malum qildi. Uning aytişiça, öyinning ikkinçi bölimida Özbekiston terma jamoasi faqat himoyalanişni emas, hujum qila olişini ham körsatgan.
“Özbekistonliklar uçraşuv oxirlarida ikkinçi golni ham urişlari mumkin edi. Fabio Kannavaro nomining sehri işlayapti va u qisqa muddatda jamoaga yordam berdi. U futbolçilarga himoyada öziga işonç bağişladi. Axir u buyuk himoyaçi bölgan, şuning uçun jamoaga nima maslahat berişni yaxşi biladi. Kolumbiya terma jamoasiga kelsak, ular turnir jadvali böylab juda uzoqqa borişi mumkin. Bu Janubiy Amerikaning odatiy jamoalaridan emas. Ular juda intensiv va agressiv pressing qöllaydigan jamoa”, deb aytgan Grigoryan “Matç TV” efirida.
Imkoniyat qolmadimi?
Mağlubiyat – bu hammasi tugadi degani emas. Mundialni ilk öyinidan yengiliş alamli va yoqimsiz, ammo u imkoniyatlarning yöqligini anglatmaydi. Özbekiston terma jamoasining 2026 yilgi Jahon çempionati “K” guruhidagi birinçi tur öyinlaridan keyingi holati, guruhdagi vaziyat va pley-offga çiqiş uçun real stsenariylar turliça körinişga ega bölişi turgan gap.
Guruhdagi parallel bahsda Portugaliya va Kongo DR 1:1 hisobida durang öynagani turnir jadvalini yanada qiziqarli körinişga keltirdi. Hozirda Kolumbiya 3 oçko bilan peşqadam, Portugaliya va Kongo DRda 1 oçkodan bor, Özbekiston esa oçkosiz oxirgi örinda. Ammo turnir formati (48 ta jamoa, eng yaxşi 3-örinlar ham çiqadi) özbekistonliklarga hali imkoniyat beradi. Guruhdan çiqiş imkoniyatlarini uçta stsenariyda körib çiqiş mumkin.
Birinçi stsenariyda Fabio Kannavaro şogirdlari keyingi ikki öyinda maksimal natija körsatişlari kerak. Bu nomlar va kutilmalar jihatidan imkonsizdek tuyulsa-da, imkoniyat jihatidan bir yöldir. Axir, futbolda nimalar bölmagan, şunday emasmi!?
Ikkinçi stsenariy esa nisbatan realroq bölib, bunda turnirdagi 12 ta guruhdan eng yaxşi natija körsatgan 8 ta 3-örin egasidan biri böliş va pley-ofga yöllanma oliş mumkin. Özbekiston Portugaliyaga yutqazgan taqdirda ham, sönggi turda Kongo DR terma jamoasini yirikroq hisobda mağlub etişi şart böladi. 3 oçko va yaxşi töplar nisbati deyarli 80 foiz holatda keyingi bosqiç yöllanmasini kafolatlaydi. Kongo terma jamoasi jismoniy baquvvat jamoa bölsa-da, taktik jihatdan Özbekiston ulardan ustunroq futbol öynaşga qodir. Muxlislar ham eng köp şu natijadan umidvor.
Uçinçi stsenariyda esa möjizaviy matematika işlaydi. Buning uçun guruhda durranglar yana qayd etilişi kerak böladi. Masalan, Kolumbiya barça raqiblarini (Kongo DR va Portugaliyani) yutib, 9 oçko bilan guruhda yaqqol peşqadam bölişi mumkin. Özbekiston esa Portugaliya bilan durang öynab, Kongo DRni yutsa, 4 oçko bilan nafaqat 3-örin, balki 2-örinni ham ilib ketiş ehtimoli ham yöq emas.
Nimalarga etibor beriş kerak?
Endi kelasi turlarda vaziyat ança jiddiylaşadi. Birinçi turda oçko yöqotgan Portugaliya Özbekistonga qarşi bor kuçi bilan ğalaba uçun maydonga tuşişi turgan gap. Agar özbekistonliklar dastlabki daqiqalarda Kolumbiya bilan öyindagi kabi bosim ostida qolib ketsa va tezkor gol ötkazib yuborsa, vaziyat yanada qiyinlaşadi.
Bundan taşqari Kolumbiyadan qabul qilingan 1:3 hisobidagi mağlubiyat töplar nisbatini -2 körinişiga keltirib qöydi. Agar Özbekiston MTJ 3-örinlar reytingiga tuşadigan bölsa, har bir urilgan gol va ötkazib yuborilgan töp juda muhim rol öynaydi. Şuning uçun himoya va markazdagi individual xatolarni (Kolumbiya bilan öyindagi kabi) nolga tuşiriş şart. Şu bilan birga, minimal imkoniyatdan maksimal foydalanişga majburiy.
Sözning sönggida barça tahlil, taxmin va gaplarni çetga surib, “Oq börilar” maydonda bor imkoniyatlarini işga solişi kerak böladi. Jamoaning kutilgan zafarida muxlislar qöllovi ham eng muhim resurslardan biri hisoblanadi. Kelgusi guruh bahslarida va umuman, Özbekiston milliy terma jamoasining Jahon çempionatidagi barça öyinlarida QALAMPIR.UZ jamoasi yigitlarga faqat va faqat omad tilaydi.