USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Namanganda soxta pulfuruşlar uşlandi

84 марта
Наманганда сохта пулфурушлар ушланди

Namangan viloyatida ötkazilgan tezkor tadbir davomida qalbaki valyuta savdosi bilan şuğullangan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, Yangiqörğon tumanida yaşovçi 1992 va 1995 yillarda tuğilgan hamda Töraqörğon tumanida istiqomat qiluvçi 1980 yilda tuğilgan uç nafar fuqaro qalbaki 100 AQŞ dollarlik kupyuralardan iborat jami 100 ming AQŞ dollarini haqiqiy 40 ming AQŞ dollariga sotişni rejalaştirgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent va Namangan viloyatlari böyiça boşqarmalari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur şaxslar qalbaki 80 ming AQŞ dollarini haqiqiy 40 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida uşbu qalbaki valyuta xorijda tayyorlangani va turli yöllar orqali mamlakatga olib kirilgani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyatining Xonobod şahrida qöşni davlat fuqarosiga qalbaki pullarni haqiqiy 3 520 dollarga sotişga urungan şaxs qölga olingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: