Surbet Tramp, Stanforrdagi miting va Kaşmirdagi töpolon — Weekend
Jahon sahnasining “kattakonlari” Frantsiyaga yiğildi. Dunyoning eng qudratli davlatlari kelgusi bir yil davomida nimalarni özgartiriş, kimlarni qöllab-quvvatlaş va kimlarni “tagiga suv quyişni” muhokama qilişdi. Ammo bu ötgan 3 kun faqatgina muzokaralar bilan emas, kutilmagan bayonotlar va davlat rahbarlarining “beöxşov” hazillari va uzoq yillik duşmanlikka çek qöyişdagi dastlabki qadamlar bilan esda qoldi. Xöş G7 sammitida nimalar yuz berdi?
Taşiyev işi davom etmoqda. Sobiq amaldorning yaqinlari birin-ketin hibsga olinmoqda. Tez orada navbat keksa “şoqol”ga ham yetib borsa ajab emas. Hukumatda unga qarşilar köpaygan bir paytda, Qamçibek Taşiyev sud zalida özini oqlaşga urinmoqda. Xöş, Qirğiziston Prezidentining sobiq dösti qamaladimi yoki yöq?
Kaşmirda töpolon. Mintaqaning Pokiston nazoratidagi qismida içki siyosiy nizolar sabab xalq namoyişga çiqqan. Önlab insonlar halok bölgan, yuzga yaqin iştirokçilar oğir jarohat olgan. Hudud butkun nazoratdan çiqib ketgan. Şu va şu kabi qator muhim yangiliklarni Qalampir.uz’ning bu galgi dayjestida muhokama qilamiz.
Bitiruvçilar namoyişi
Joriy yilning 14 iyun kuni, yani yakşanbada dunyoning top 5 oliy talim dargohlaridan biri hisoblanuvçi Stenford univeresitetining bitiruvçilari Falastin bayroqlarini kötarib namoyiş uyuştirdi.
Gap şundaki, universitet bitiruv marosimida Google boş direktori Sundar Piçay nutq sözlaş uçun minbarga çiqar ekan, 200 ga yaqin talaba örnidan turib, tadbirni tark etgan. Ayrim talabalar qöllariga Falastin davlati bayroğini kötargan holda, “Free Palestine” (“Ozod Falastin”) deya hayqirib, ommaviy huştaklar çalib, Google kompaniyasining Isroil hukumati bilan hamkorligiga nisbatan etirozlarini bildirişgan. Xususan, ular 2021 yilda tuzilgan va qiymati 1,2 milliard dollarga baholangan Project Nimbus nomli bulutli texnologiyalar loyihasini tanqid qilgani aytilmoqda. Malum qilinişiça, aktsiyani “Students for Justice in Palestine” va “No Teç for Apartheid” kabi taşkilotlar uyuştirgan.
Aktsiya doirasida ötgan yil Kolumbiya universitetidagi norozilik namoyişlarini taşkil qilgan va 2025 yilda ICE (Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati) tomonidan hibsga olingan Mahmud Halil ham nutq sözlagan.
“Bundan bir yil oldin, kursdoşlarim sahnadan yurib ötayotgan bir paytda, men panjara ortida ötirgan edim. Mening jinoyatim tom manoda Isroilning Ğazodagi genotsidiga qarşi çiqqanim böldi. Mening jinoyatim sukut saqlaşdan boş tortganim edi”, degan u.
Aslida ham jamiyatning eng faol qatlami bu talabalar. Tarixda bölib ötgan qözğolonlarning katta qismi ham aynan talabalar tomonidan amalga oşirilgan. Ğazodagi vaziyatga qarşi namoyişlar ham bir neça marta turli universitetlarda jumladan, Garvard, Yel, Dyuk kabi oliy talim dargohlarida 2024 yildan buyon ötkazib kelinadi.
Bugun Isroil hukumati qilayotgan işlar qançalar notöğri ekanligini, oçiqdan-oçiq bir xalq qirib yuborilayotganini hamma tuşunib yetdi. Ammo oddiy xalq qança etiroz bildirmasin, hukumatlar jim turipti. Şu sabab ham Netanyaxu boşliq Isroil hokimiyati barça etirozlarni nazarga ilmay, öz siyosatida davom etmoqda. Xudo ularga insof bersin.
G7
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega davlatlar 15-17 iyun kunlari Frantsiyaning Evian-le-Ben şahrida jam böldi. “Katta yettilik”, yani G7 davlatlari – AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya – Yaqin Şarqdagi keskinlik, Ukraina uruşi, Xitoyning iqtisodiy bosimiga birgalikda bardoş beriş va tobora jiddiy tus olib borayotgan Ebola virusiga qarşi kuraşiş masalalarini körib çiqdi.
Bu galgi sammitning asosiy yutuği Erondagi uruşni yakunlaş masalasida imzolangan özaro anglaşuv memorandumi böldi. 17 iyun kuni AQŞ va Eron rahbarlari Hormuz böğozini oçiş va özaro harbiy harakatlarni yakunlaşga kelişib oldi. Garçi hali yadro dasturi masalasida umumiy töxtamga kelinmagan bölsa-da, tomonlarning kelişib olganini özi bir yutuq. Şuni eslatib ötişimiz kerakki, bu hali töla tinçlik sulhi emas. Kelgusida qator masalalar hali muhokama qilinişi kerak.
Yana bir etiborli jihati şundaki, Tramp Yaqin Şarqdagi uruşni töxtatiş uçun öz “hamtovoği”ga qarşi çiqişga majbur bölmoqda. “Hizbulloh” jangçilarini yöq qiliş uçun Bayrutning turarjoy binolarini bombardimon qilgani, buning natijasida bir neçta uruşga aloqasi yöq bölgan insonlarning halok bölgani tanqid ostiga olinib, mazkur hujumlar Eron bilan tinçlik kelişuvi örnatişga tösiq bölib kelayotgani aytildi.
Trampning pozitsiyasidan kelib çiqib aytiş mumkinki, agar Netanyaxu öz bilganidan qolmasa, AQŞ va Isroilning döstona munosabatlariga putur yetişi aniq.
“Bizsiz, Amerika Qöşma Ştatlarisiz Isroil bölmas edi. Mensiz ham Isroil bölmas edi, çunki boşqa heç bir prezident men qilgan işlarni qilişga tayyor emasdi”, deydi Tramp.
Biroq Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil Mudofaa kuçlari Janubiy Livandan olib çiqilmasligini takidlamoqda. Uning takidlaşiça, Isroil AQŞ bilan yaqin döst va hamkor, ammo unga tayanib qolgan emas. Isroilning bunday harakatlari bazör erişilayotgan tinçlik sulhini orqaga tortişi tabiiy.
Bundan taşqari, tadbirda mehmon sifatida taklif etilgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham öz maqsadlariga erişib oldi. Ukraina bugun nafaqat Rossiya bilan uruşayotgan davlat, balki Moskva va Ğarb örtasidagi geosiyosiy çegaraga aylangan. NATOning Ukrainaga yaqinlaşuvi Rossiya uçun qançalik xavfli deb baholansa, Kiyevning Moskva nazoratiga ötişi Yevropa uçun şunçalik katta tahdid sifatida qabul qilinadi. Şu sabab G7 davlatlari Ukrainaning mağlub bölmasligi uçun yordamni davom ettirmoqda.
Sammitning yana bir asosiy qarorlaridan biri – Ukrainaning havo mudofaasini kuçaytiriş böldi. G7 mamlakatlari Kiyevga zamonaviy havo mudofaa tizimlari, raketa tutib qoluvçi vositalar va boşqa harbiy texnikalarni yetkazib berişni davom ettirişga kelişib oldi. AQŞ prezidenti Donald Tramp ham Ukrainaga qurol yetkazib beriş dasturini qöllab-quvvatladi hamda Rossiya neft eksportiga qarşi sanktsiyalarni qayta tiklaş ehtimolini tilga oldi.
“Yaqin orada buni amalga oşirişimiz mumkin, çunki hozir Fors körfazidan neft yetkazib berilmoqda. Biz sanktsiyalarni olib taşlagandik, çunki neft taminotiga tösqinlik qilişni istamagandik. Şunday ekan, yaqin orada bunga imkoniyat paydo böladi”, degan Tramp.
Diqqatga sazovor jihati, xalqaro maydonda uruşni muzokaralar orqali yakunlaş taşabbuslaridan köra, Ukrainani qurollantiriş haqidagi çaqiriqlar köproq yangramoqda. Natijada Ukraina uruşi allaqaçon ikki davlat örtasidagi mojaro çegarasidan çiqib, Rossiya va global Ğarb örtasidagi tarixiy qarama-qarşilikning navbatdagi bosqiçiga aylanib bormoqda.
COVID-19 pandemiyasi dunyoga yaxşigina dars berib qöygani tabiiy. Şu sababli, bu yilgi sammitda Afrikada avj olayotgan Ebola epidemiyasi ham alohida etibor markazida böldi.
Sammit yakunida G7 rahbarlari Ebola virusiga qarşi muvofiqlaştirilgan xalqaro çoralarni kuçaytiriş va saraton kasalligiga qarşi ilmiy hamkorlikni kengaytiriş böyiça bayonot qabul qildi. Ular epidemiyaning çegaralardan taşqariga tarqaliş xavfi mavjudligini takidlab, kuzatuv tizimlari, laboratoriyalar, diagnostika vositalari hamda yangi vaktsinalar yaratişga köproq resurs yönaltiriş zarurligini qayd etdi.
Saraton kasalligi ham sammitning muhim mavzularidan biri böldi. G7 davlatlari kasallikni erta aniqlaş, suniy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş, yangi davolaş usullarini yaratiş va ilmiy malumotlar almaşinuvini kuçaytirişga kelişib oldi.
Sammit doirasda yana köplab masalalar muhokama qilindi. Qudratli davlatlarning qarorlari köp narsani hal etişini bu G7 sammiti yana bir bor isbotladi.
Tramp köp hazillaşdi
G7 sammiti odatda dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari örtasidagi hamkorlik va muhim global masalalarni muhokama qiliş maydoni sifatida köriladi. Biroq bu yilgi uçraşuvda geosiyosiy muammolardan taşqari AQŞ Prezidentining bayonotlari, xatti-harakatlari yoki qöpol qilib aytganda “öxşamagan” hazillari ham alohida etibor va etirozlarga munosib körildi.
Sönggi yillarda Yevropaning xavfsizlik va mudofaa masalalarida AQŞga tobora köproq tayanib qolayotgani Vaşingtonning siyosiy tasirini kuçaytirdi. Ayniqsa, Ukraina uruşi fonida köplab Yevropa davlatlari AQŞning harbiy va moliyaviy kömagiga muhtoj bölib turibdi. Ayrim kuzatuvçilarning fikriça, Tramp aynan şu ustunlikdan siyosiy bosim vositasi sifatida foydalanişga urinmoqda.
17 iyun kuni G7 sammitining rivojlaniş masalalariga bağişlangan sessiyalaridan biriga keçikib kelgan Tramp xonaga kirar ekan, hazil aralaş “Bu yerda xöjayin menman”, degan. Uşbu ibora qisqa vaqt içida xalqaro OAVlarida keng muhokama qilindi. Diplomatlar etiketidan yiroq bu insonning hamma nağmasi ham jamoatçilik tomondan yaxşi kutib olinmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda kimdir AQŞ rahbarining “masxarabozligi” ustidan kulsa, kimlardir buni axloqsizlikka yöymoqda.
Biroq sammit atrofidagi eng katta mojaro Italiya Boş vaziri Jorja Meloni bilan boğliq bayonotlardan keyin yuzaga keldi. Tramp Italiyaning La7 telekanaliga bergan intervyusida Meloni u bilan suratga tuşişni juda istagani va bu uçun unga yalinganini aytdi. AQŞ Prezidenti hatto suratga tuşişga avval rozi bölmaganini, keyinçalik esa Meloniga rahmi kelgani uçun bunga könganini takidladi.
“Meloni men bilan gaplaşganidan xursand bölgandir. Meni u bilan gaplaşişim şart emasdi. U men bilan suratga tuşişni juda xohladi va şuni söradi. Aslida, suratga tuşmasdim, lekin unga rahmim keldi”, degan AQŞ rahbari.
Bu sözlar Rimda keskin norozilik bilan kutib olindi. Jorja Meloni maxsus bayonot bilan çiqib, Trampning gaplarini “töliq uydirma” deb atadi. U AQŞ Prezidentining nega ittifoqçilariga nisbatan bunday munosabatda bölayotganini tuşunmasligini aytdi. Meloni, şuningdek, Trampni Ğarbning raqiblariga nisbatan yumşoqroq siyosat yuritayotganlikda ham tanqid qildi.
Mojaro oqibatida Italiya Taşqi işlar vaziri Antonio Tayani AQŞga rejalaştirilgan taşrifini bekor qildi. Uning takidlaşiça, Meloniga qaratilgan haqoratomuz bayonotlar nafaqat Boş vazirga, balki butun Italiyaga nisbatan hurmatsizlikdir.
Melonining yaqin hamkorlaridan biri Jovanbattista Fatstsolari ham Trampning sözlarini keskin qoralab, bunday çiqişlar AQŞ va Yevropa örtasidagi tarixiy ittifoqqa zarar yetkazayotganini bildirgan.
Qiziği şundaki, Jorja Meloni uzoq vaqt davomida Trampning Yevropadagi eng yaqin siyosiy ittifoqçilaridan biri hisoblanib kelgan. U hatto Trampning 2025 yilgi inauguratsiyasida qatnaşgan yagona yevropalik hukumat rahbari bölgan. Biroq Eron masalasi va taşqi siyosatdagi ayrim kelişmovçiliklar ikki yetakçi örtasidagi munosabatlarni izdan çiqara boşladi. Bu voqealar fonida esa, sovuq munosabatlar yanada çuqurlaşsa ajab emas.
“Gitler” qamaldi
Rossiyada oddiy hazil yoki öylamay qilingan harakat jiddiy huquqiy oqibatlarga sabab böldi. Sverdlovsk viloyatining Nijniy Tagil şahrida yaşovçi talaba pitstsa buyurtmasini Adolf Gitler nomi bilan rasmiylaştirgani uçun politsiya tomonidan qölga olingan.
“RIA Novosti”ning xabariga köra, yigit şahardagi savdo markazlaridan birida pitstsa xarid qiliş çoğida özini “Adolf Gitler” deb taniştirgan. Buyurtma haqidagi malumot huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yetib borgaç, işga politsiya hamda ekstremizmga qarşi kuraşiş bölinmasi xodimlari jalb etilgan. Tez orada buyurtma ortida turgan şaxs aniqlanib, qölga olingan.
Malum bölişiça, gumonlanuvçi Timofey ismli Quriliş kolleji talabasi bölib, u talim muassasasining özida uşlangan. Politsiya malumotlariga köra, yigit söroq jarayonida qilgan işidan afsusdaligini bildirgan. U köz yoşlarini tiyolmagan holda uzr söragan hamda özini natsist emasligini, faşistik ğoyalarni qöllab-quvvatlamasligini takidlagan. Hozirda unga nisbatan faşizmni tarğib qiliş bilan boğliq mamuriy iş qözğatilgan. Agar aybi tasdiqlansa, talaba 15 sutkagaça mamuriy qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.
Aslida ham Adolf Gitler nomini ommaviy joylarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda tilga oliş köpinça bir qator muammolarga sabab böladi. Köpgina davlatlarda, ayniqsa Germaniya va Avstriyada Gitler, natsizm, svastika (natsistlar ramzi) va ularni uluğlaş qonunan taqiqlangan. Germaniya Jinoyat kodeksining 86a-paragrafiga köra, konstitutsiyaga zid taşkilotlarning ramzlari, şiorlari va yetakçilarining tasvirlarini tarqatiş yoki omma oldida körsatiş jinoiy javobgarlikka sabab böladi. Negaki, Gitler nomi hanuzgaça natsizm, irqçilik va Holokost bilan boğlanadi. Bu mafkura bugun ham ayrim guruhlar tomonidan tarğib qilinayotgani sababli, köplab davlatlar va platformalar unga nisbatan qatiy siyosat yuritadi. Şuning uçun özinggizga kumir tanlaşda adaşmang.
Taşiyev işi davom etmoqda
Qirğiziston siyosiy maydonida sönggi kunlarda yuz berayotgan voqealar mamlakatdagi hokimiyat içidagi ziddiyatlar yana namoyon bölmoqda. Bir paytlar Prezident Sadir Japarovning eng yaqin safdoşi va mamlakatdagi eng qudratli amaldorlardan biri sifatida körilgan Milliy xavfsizlik davlat qömitasining sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev bugun “75 lar xati” deb nom olgan iş doirasida sud jarayonlarida qatnaşmoqda. Ayni paytda uning kuyovi Azamat Diyqanboyevning qölga olinişi va sobiq deputat Emil Jamğirçiyevning keskin bayonotlari sobiq amaldorni qiyin vaziyatga solib qöydi.
Ötgan hafta “75 lar xati” böyiça sud materiallaridan maxfiylik grifi olib taşlanib, iş ilk bor oçiq tartibda körildi. Sudda parlament apparati xodimlari va guvohlar uşbu hujjatning Jogorku Keneşga qanday yetib kelgani haqida körsatma berdi. Ularning sözlariga köra, hujjat 11 fevral kuni parlamentga kelib tuşgan va röyxatga olingan. Guvohlar xatda muddatidan oldin prezidentlik vakolatlarini tugatiş hamda navbatdan taşqari saylovlar ötkaziş takliflari bölganini malum qilgan.
“Bu hujjat Jogorku Keneşga 11 fevral kuni kelib tuşgan va röyxatga olingan. Öşa paytda spiker Nurlanbek Turğunbek öğli xizmat safarida edi. U xat böyiça heç qanday körsatma bermagan”, dedi Parlament xodimasi Mariya Isanova.
Sud majlislaridan birida deputat Elvira Surabaldiyeva guvoh sifatida söroq qilinar ekan, u bilan Qamçibek Taşiyev örtasida tortişuv yuzaga keldi. Mazkur holat jamoatçilik etiborini tortdi va siyosiy muhokamalarga sabab böldi.
Bu orada Jogorku Keneş spikeri Marlen Mamataliyev parlament minbaridan turib “75 lar xati” taşabbuskorlarini keskin tanqid qildi. Spiker ularni “şoqollar va şoqolçalar” deb atab, davlat rahbariyatiga qarşi boş kötarişning urinişlari muvaffaqiyatsizlikka uçraşini takidladi. Uning fikriça, mazkur iş böyiça yakuniy bahoni sud berişi kerak.
Sobiq deputat Emil Jamğirçiyev ham uzoq sukutdan söng, Taşiyevga qarşi bayonot bilan çiqdi. U öz bayonotida ilgari ham Taşiyevning faoliyati yuzasidan şikoyatlar qilganini, biroq murojaatlari natijasiz qolganini aytdi. Jamğirçiyev ayniqsa sudda Elvira Surabaldiyevaga nisbatan bölgan munosabatni tanqid qilib, Taşiyev hanuz bosim va tahdid tilida gapirayotganini iddao qildi.
“Qirğizlarda “yiqilganni tepkilama” degan naql bor. Şu sababli, özimga qarşi qilingan noqonuniy harakatlar va soxta ayblovlar mavzusini qayta kötarişni xohlamadim. Öz hayotim bilan yaşab, heç narsaga aralaşmadim. Lekin endi aytişim kerak. Deputatlik faoliyatim davomida Prezident va parlament komissiyasi azolariga Taşiyevning harakatlari yuzasidan şikoyat qilganman, biroq murojaatlarimning adolatli körib çiqilişiga erişa olmaganman”, dedi u.
Jamğirçiyev nomi özbekistonliklarga ham yaxşi taniş. U avvalroq “Salimboyvaçça” nomi bilan maşhur Salim Abduvaliyev bilan boğliq mojaro sabab Qirğizistonda qidiruvga berilgan va çegarani noqonuniy kesib ötganlikda ayblangan edi.
Voqealar fonida Taşiyevning kuyovi Azamat Diyqanboyev ham qölga olindi. Harbiy prokuratura unga xizmat mavqeidan foydalanib firibgarlik qiliş moddasi böyiça ayblov qöyilganini malum qildi. Hozirda tergov davom etmoqda.
Şuningdek, spiker Marlen Mamataliyev “75 lar xati” parlamentga yetib kelişi oldindan rejalaştirilgan stsenariy bölganini ham takidlagan. Uning aytişiça, hujjat bir neça mansabdor va sobiq amaldorlar qölidan ötib, parlamentga olib kirilgan.
Mana şunday voqealar fonida amaldagi prezidentning tarafdorlari ham köpayib qoldi. 19 iyun kuni Qirğizistonning birinçi prezidenti Asqar Akayev uzoq vaqtdan beri ilk bor mamlakatga qaytdi va Sadir Japarovga qöşimça prezidentlik muddati berişni taklif qildi. Qirğizistonning birinçi prezidenti Asqar Akayev respublikaga yetib kelgan va Issiqköl yubiley xalqaro forumida iştirok etgan.
“Agar Qirğiziston xalqi amaldagi prezidentga qirğiz iqtisodiy möjizasi rejasini amalga oşiriş uçun qöşimça mandat topşirsa, har doimgidek donişmandlik bilan iş tutgan böladi deb hisoblayman. Buning uçun kamida 8-10 yil kerak bölişini özingiz yaxşi bilasiz”, deydi u.
Şu tariqa, bir vaqtlar Qirğiziston siyosatidagi eng mustahkam tandem sifatida körilgan Sadir Japarov va Qamçibek Taşiyev örtasida juda keskin, ammo körinmas uruş ketmoqda. Sud jarayonlari, siyosiy bayonotlar va yangi hibslar esa bu mojaroning hali uzoq davom etişi mumkinligini körsatmoqda.
Kaşmirda yana töpolon
Kaşmir yana notinç. Bu safar mojaroga Hindiston va Pokiston örtasidagi ananaviy qarama-qarşilik emas, balki Pokiston nazoratidagi hudud içidagi siyosiy nizolar sabab bölmoqda. Qariyb, ikki haftadan buyon davom etayotgan ommaviy namoyişlar oqibatida kamida 24 kişi halok böldi, yuzlab odamlar jarohatlandi.
Malum bölişiça, noroziliklarning markazida yaqinda taqiqlangan Qöşma Avomiy Harakat Qömitasi (JAAC) turibdi. Taşkilot tarafdorlari 27 iyul kuni bölib ötişi rejalaştirilgan mahalliy parlament saylovlaridagi örinlar taqsimotiga qarşi çiqmoqda. Xususan, ular parlamentdagi 45 örindan 12 tasi Hindiston nazoratidagi Kaşmirdan köçib kelgan va hozir Pokistonda yaşayotgan qoçqinlar uçun ajratilganini adolatsiz qaror sifatida baholamoqda.
Namoyişlar 6 iyunda boşlangan. Namoyişçilar va xavfsizlik kuçlari örtasidagi töqnaşuvlar natijasida kamida 20 nafar tinç aholi halok böldi. Mintaqaviy politsiya rahbari Liaqat Ali Malikning malumotlariga köra, yana 4 nafar politsiyaçi xizmat vaqtida hayotdan köz yumgan, 97 nafar huquq-tartibot xodimi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Tartibsizliklar bilan boğliq holda 515 kişi qölga olingan.
Bugungi kunda norozilik harakatining asosiy markazi mintaqa poytaxti Muzaffaroboddan qariyb 100 kilometr janubda joylaşgan Ravalakot şahri hisoblanadi. Minglab namoyişçilar aynan şu hududda töplangan. Hukumat esa, vaziyat nazoratdan çiqib ketişining oldini oliş maqsadida qator keskin çoralarni joriy etgan. Asosiy avtomobil yöllari yopildi, internet va ayrim aloqa xizmatlari öçirilgan, ommaviy axborot vositalari faoliyatiga çeklovlar qöyilgan.
Odatda odamlar bilan gavjum böladigan Muzaffarobodning yuqori Adda savdo hududi deyarli böşab qolgan. Köplab dökonlar eşiklarini yopgan, faqat ayrim dorixonalar va oziq-ovqat savdo nuqtalari qisqa muddat faoliyat yuritmoqda. Internet va aloqa tizimlarining işlamasligi bank xizmatlarini ham izdan çiqargan. Bankomatlar işlamayapti, elektron tölovlar amalga oşirilmayapti. Hukumat körsatmasiga binoan yonilği quyiş şoxobçalari ham vaqtinça yopilgan.
Bu holat ayniqsa kunlik daromad hisobiga yaşovçi aholi qatlamiga oğir zarba bermoqda. 27 yoşli mardikor Ixloq Ahmadning aytişiça, u 9 iyundan buyon bir söm ham işlab topmagan. Uning takidlaşiça, iqtisodiy hayotning töxtab qolişi minglab oilalarni tirikçilik manbaisiz qoldirmoqda.
Mototsikl haydovçisi Osif Noz ham vaziyatni oğir deb baholadi. Uning fikriça, moliyaviy zaxiraga ega odamlar inqirozni qandaydir yöl bilan yengib ötişi mumkin, biroq kunbay işlaydigan fuqarolar uçun hozirgi holat yaşaş manbalaridan mahrum böliş bilan barobar.
“Mablaği borlar buni qandaydir yengib ötar. Biroq biz kabi kunbay işlaydiganlar uçun bu özini özi halokatga mahkum qiliş bilan barobar”, degan u.
Pokiston nazoratidagi Kaşmirda yuzaga kelgan vaziyat mintaqaning nafaqat siyosiy, balki ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligiga ham jiddiy tahdid tuğdirmoqda. Saylovlar yaqinlaşar ekan, hukumat va namoyişçilar örtasidagi qarama-qarşilik qanday yakun topişi hozirça nomalumligiça qolmoqda.