Muzrabotning sökonğiç hokimiga hayfsan berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovning ğalla topşiriş rejasini bajarmayotgan fermerlar bilan ötkazilgan yiğilişda ularni haqorat qilgani va tahqirlovçi munosabatda bölgani haqida audio tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, örganişlar davomida mazkur holatda davlat xizmatçisining odob-axloq qoidalari talablariga zid xatti-harakatlarga yöl qöyilgani aniqlangan.
“Qonunçilikka muvofiq, davlat fuqarolik xizmatçilari xizmat vazifalarini vijdonan bajarişi, davlat organlari va taşkilotlarining obrö-etiboriga putur yetkazişi mumkin bölgan xatti-harakatlardan tiyilişi, şuningdek, fuqarolar bilan munosabatlarda xuşmuomalalik, hurmat va professionallik tamoyillariga qatiy rioya qilişi şart”, deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi davlat xizmatçilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilişining oldini olişga qaratilgan işlarni muvofiqlaştiriş vakolati doirasida Surxondaryo viloyati hokimligiga holat yuzasidan qonunçilikda belgilangan tartibda xizmat tekşiruvi ötkaziş hamda huquqiy baho beriş böyiça taqdimnoma kiritgan.
Taqdimnoma natijalariga köra, Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qöllanilgan.
“Agentlik tomonidan davlat xizmatçilari tomonidan odob-axloq qoidalariga qatiy rioya etilişini taminlaş, davlat xizmatida yuksak kasbiy va axloqiy standartlarni qaror toptiriş hamda qonun buzilişi holatlariga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini taminlaş işlari izçil davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahri hokimining birinçi örinbosari Nurbek Turdiyev yiğilişda xodimlarni böralab haqorat qilgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq uşbu hokim örinbosari xodimlarni dam oliş kunlarida işga jalb qilgani uçun 41 million 200 ming söm jarimaga tortildi. Şuningdek, xodimlarga nisbatan haqoratli munosabatda bölinganligi yuzasidan uning xatti-harakatlarini Odob-axloq komissiyasida körib çiqiş yuzasidan Qaşqadaryo viloyati hokimligiga taqdimnoma kiritilgan.