Aksilkorruptsiya agentligi Ozodbek Nazarbekovga çora körişni söradi
13-01-2026, 07:50
797 марта

Aksilkorruptsiya agentligi Ozodbek Nazarbekovga çora körişni söradi
Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Ozodbek Nazarbekovga çora körişni söradi.Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning töyda qöşiq aytib, qistirilgan pullarni qabul qilgani aks etgan video ortidan Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Nazarbekovni intizomiy javobgarlikka tortiş masalasini körib çiqiş böyiça hukumatga sörov yuborgani malum böldi.
Bu haqda agentlik axborot xizmati turli OAVlarga malumot bergan.
Antikorruptsiya agentligiga köra, vazir bilan boğliq töydagi holatda davlat xizmati va odob-axloq töğrisidagi qonunçilik normalari buzilgan. Agentlikning eslatişiça, «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi qonunning 13-moddasi, şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatçilari odob-axloqi va xulq-atvorining namunaviy qoidalarining 13-bandi davlat xizmatçilarining pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan taşqari haq tölanadigan boşqa turdagi faoliyat bilan şuğullanişini taqiqlaydi.
Bundan taşqari, davlat xizmatçilari iş vaqtida ham, işdan taşqari vaqtda ham davlat xizmatining obrösiga putur yetkazişi mumkin bölgan xatti-harakatlardan özini tiyişi, axloq normalariga doimo rioya etişi şart.
Eslatib ötamiz, Ozodbek Nazarbekov avval ham xususiy brendlarni reklama qilib etiborga tuşgandi.