Özbekistonda davlat xizmatçilari xizmat safari natijalari, xarajatlar onlayn kuzatib boriladi
20-06-2025, 17:00
210 марта
Özbekistonda davlat xizmatçilari xizmat safari natijalari, xarajatlar onlayn kuzatib boriladi Özbekistonda davlat xizmatçilari xizmat safari rejasi va natijalari, geografiyasi, xodimlar soni hamda xarajatlarni onlayn kuzatib boriş imkoniyati yaratiladi. Bu haqda prezidentning 20-iyunda elon qilingan farmonida belgilandi.
Unga köra, 2025-yil 1-oktyabrdan boşlab davlat xizmatçilarining xorijiy va içki xizmat safarlarini taşkil etiş, hisobini yuritiş va tahlilini olib boriş “hrm.argos.uz”elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oşiriladi.
Bunda:
xizmat safari rejasi va natijalari, geografiyasi, xodimlar soni hamda xarajatlarni onlayn kuzatib boriş imkoniyati yaratiladi;
xizmat safarlarining muayyan davlat organining faoliyati samaradorligiga bevosita, oraliq va yakuniy tasiri monitoring qilib boriladi;
Davlat xizmatçilari har bir xorijiy xizmat safarlari yakunlari böyiça hisobot topşiradi hamda hisobot asosida xizmat safarining samaradorligi baholab boriladi.
Davlat xizmatçilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, ularga “halollik vaksinasi”ni singdiriş hamda bu borada preventiv mexanizmlarni joriy etiş maqsadida Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligining Rahbar kadrlarni baholaş markazi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bilan birgalikda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining buyurtmasi asosidarahbarlik lavozimlarida işlayotganlar va uşbu lavozimlar uçun zaxirada turganlarning korrupsiyaga qarşi barqarorlik darajasini baholaş mexanizmi joriy etiladi.
Davlat xizmatçilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni singdiriş böyiça qadriyatlar tizimini şakllantiriş yuzasidan tadqiqotlar olib boriş asosida tasirçan çora-tadbirlarni joriy etişga oid takliflar işlab çiqiladi. Korrupsiyaga qarşi barqarorlik darajasini baholaş uslubiyati takomillaştirib boriladi.
Farmonda belgilanişiça, 2026-yil 1-yanvardan boşlab davlat xizmatçilari lavozim maoşi ularning iş tajribasi, ilmiy va malaka darajasi, natijadorligi hamda boşqa körsatkiçlardan kelib çiqib şakllantiriladi. Davlat xizmatiga birinçi marta qabul qilingan davlat xizmatçilari bilan mehnat şartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinçalik faoliyatining ijobiy natijalariga köra mehnat şartnomasi nomuayyan muddatga uzaytiriladi.