USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi davlat işiga kirganlar bilan faqat 1 yillik şartnoma tuziladi

194 марта

Endi davlat işiga kirganlar bilan faqat 1 yillik şartnoma tuziladi

Endilikda davlat xizmatiga birinçi marta qabul qilingan davlat xizmatçilari bilan mehnat şartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinçalik faoliyatining ijobiy natijalariga köra mehnat şartnomasi nomuayyan muddatga uzaytiriladi. Bu haqda keça, 19 iyun kuni qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondaşuvlar asosida taşkil etiş hamda professional va natijadorlikka yönaltirilgan davlat xizmatçilari korpusini şakllantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident farmonida söz boradi.
Unga muvofiq 2026 yil 1 yanvardan boşlab davlat xizmatiga birinçi marta qabul qilingan davlat xizmatçilari bilan mehnat şartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinçalik faoliyatining ijobiy natijalariga köra mehnat şartnomasi nomuayyan muddatga uzaytiriladi.


Şuningdek, davlat xizmatiga birinçi marta qabul qilingan davlat xizmatçilari majburiy “Davlat xizmatiga kiriş” maxsus kurslarini va keyinçalik har uç yilda kamida bir marotaba malaka oşiriş kurslarini ötaydi hamda mazkur kurslarning yakunlari böyiça ularning nazariy bilim va könikmalari diagnostikadan ötkaziladi.

Diagnostikada davlat xizmatçilarining tegişli soha va tarmoq böyiça bilim darajasi, hujjatlarni tuziş va davlat tilida iş yuritiş könikmalari, tahliliy, rahbarlik va kommunikativlik malakalari, kompyuter savodxonligi, qonunçilikdagi yangiliklarni, Özbekiston tarixi va xorijiy tillarni özlaştirgani, umumiy eruditsiyasi, psixologik diagnozi va intellektuallik koeffitsiyenti (IQ) kabi körsatkiçlari baholanadi.

Diagnostika va faoliyat samaradorligi (KPI) natijalari Xodimlarning kasbiy kompetentsiyalari rivojlanişini uzluksiz onlayn monitoring qiliş tizimida (keyingi örinlarda Monitoring tizimi) yiğiladi va tahlil qilinadi. Monitoring tizimi tahlili natijalariga köra, xodimning mavjud bilim va könikmalarini kasbiy rivojlantiriş xaritasi – portfoliosi yaratiladi.

Bundan taşqari, kasbiy rivojlantiriş xaritasi asosida davlat xizmatçisi rivojlantirişi lozim bölgan “yumşoq” va “qattiq” könikmalari böyiça majburiy malaka oşiriş, şu jumladan, mustaqil talim oliş dasturini ötaydi.
Vazirlik va idoralar tomonidan xodimlarni xorijda öqitiş, tayyorlaş, malakasini oşiriş hamda stajirovkasini taşkil etiş, şu jumladan, grantlar yoki donorlar mablağlari hisobiga amalga oşirilayotgan loyihalar doirasida davlat xizmatçilarini öqitiş, tayyorlaş, malakasini oşiriş hamda stajirovkasi bilan boğliq tadbirlar majburiy tartibda Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi bilan kelişilgandan söng amalga oşiriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: