Toşkentda klinika xodimi bemorga şilqimlik qildi
Toşkentning Bektemir tumanida joylaşgan xususiy klinika menejeri bemorga nisbatan şahvoniy şilqimlik qilgani uçun mamuriy javobgarlikka tortildi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hujjatlariga köra, voqea 2026 yil 10 iyun kuni klinika binosida sodir bölgan. Menejer bemorga nisbatan uning şani va qadr-qimmatini kamsituvçi mazmundagi gaplarni aytgan, şuningdek, qöllariga tegib, silagan va kökrak qismiga tirsagi bilan tegib, jinsiy şilqimlik qilgan.
Jabrlanuvçining suddagi körsatmasiga köra, klinika xodimi liftda va xonalarni körsatiş jarayonida unga nojöya gaplar aytgan. Ayolning takidlaşiça, u bilan bölgan keyingi telefon suhbatlarini audioyozuvga olgan va uşbu materiallarni sudga taqdim etgan.
Sud qarorida qayd etilişiça, uning aybi jabrlanuvçi va boşqa şaxslarning tuşuntiriş xatlari, audioyozuvlar hamda iş böyiça töplangan boşqa dalillar bilan töliq tasdiqlangan.
Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Bektemir tuman sudi klinika iş yurituvçisini Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41¹-moddasi (şahvoniy şilqimlik qiliş) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topgan.
Sud unga 5 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinladi. Bundan taşqari, undan mamuriy qamoqda saqlaş bilan boğliq xarajatlar ham undirilişi belgilangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida Özbekiston temir yöllari çiptaçisi yölovçi ayolga şahvoniy şilqimlik qilgani uçun 5 sutkaga qamalgandi.