USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Farğona va Jizzaxda “elektroset” muhandislari pora bilan uşlandi

120 марта
Фарғона ва Жиззахда “электросет” муҳандислари пора билан ушланди

Elektr taminoti korxonasi muhandisi Farğona viloyatida 100 mln va Jizzax viloyatida 40 mln söm pora olgan vaqtida qölga tuşdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Farğona tumani elektr taminoti korxonasi muhandisi xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning quriliş mahsulotlari işlab çiqariş tsexiga elektr tarmoği tortiş, elektr hisoblagiç örnatib, ulab beriş, şuningdek, mansabdor tanişlari orqali ruxsat beruvçi hujjatlarni tayyorlatib beriş evaziga 100 mln söm talab qilgan. DXX Farğona viloyati böyiça boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan muhandis söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Boşqa holatda esa Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumani elektr taminoti korxonasi muhandisi ham öz xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy fermer xöjaligining elektr energiyasidan mavjud 122 mln söm qarzdorligini mansabdor tanişlari orqali yöq qilib beriş evaziga 50 mln söm talab qilib, muqaddam 10 mln söm olgan. DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 40 mln sömni olgan vaqtida uşlangan.

Hozirda har ikki holat böyiça muhandislarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida elektr tarmoqlari korxonasining 2 nafar muhandisi pora bilan qölga tuşgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: