OTMga noqonuniy öqişga kiritişni vada qilganlar qölga tuşdi
12-07-2025, 12:36
433 марта

OTMga noqonuniy öqişga kiritişni vada qilganlar qölga tuşdi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra öqituvçisi özining mansabdor tanişlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy talim muassasasiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 4000 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Boşqa holatda esa Farğona davlat universitetining kafedra öqituvçisi öz xizmat mavqeidan foydalanib, yuqori lavozimda işlovçi hamkasblari orqali Farğona şahrida yaşovçi fuqaroni boks böyiça darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy talim fakultetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 3800 AQŞ dollari olgan vaqtida DXX va içki işlar organlari xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda mazkur öqituvçilarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.