USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ikki viloyatda elektr va gazni ömarganlar uşlandi

133 марта
Икки вилоятда электр ва газни ўмарганлар ушланди
Namangan va Toşkent viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş holatlari foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar qildi.

Qayd etilişiça, Departamentning Uyçi tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda yakka tartibdagi tadbirkor D.A. “Uyçi dehqon bozori” MÇJ hududidagi savdo dökonida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga tijorat maqsadida özboşimçalik bilan töğridan-töğri ulanib, 119,5 million sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Bundan taşqari, Örtaçirçiq tumanida fuqaro A.A. “Burgalik” MFY hududidagi xonadonida tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan töğridan-töğri ulanib, 107,8 million sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Şuningdek, Departamentning Davlatobod tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tekşiruvda ham fuqaro I.M. tabiiy gaz tarmoğiga tijorat maqsadida özboşimçalik bilan ulanib, 99,8 million sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Bildirilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida 3,1 milliard, Buvaydadagi ustaxonada 137,1 million, Norin tumanidagi uy-xonadonida esa 120,1 million sömlik elektr energiyasini ömariş holatlari aniqlangandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: