Buxoroda IELTS’dan 8 olganini nişonlayotgan qiz tok urib vafot etdi
Buxoro viloyatida IELTS imtihonidan 8 ball olganini qarindoşlari bilan nişonlab, tadbirdan söng idiş-tovoqlarni yuvayotgan 15 yoşli qiz tok urişi oqibatida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaning bildirişiça, qiz voqea sodir bölgan kuni IELTS imtihonidan yuqori ball olgan. Şu sababli qarindoşlar yiğilgan. Hamma ketganidan söng esa qiz idiş-tovoqlarni yuvayotganda quvvatlagiçga tekkan va oqibatda uni tok urgan.
QALAMPIR.UZ holatga anqilik kiritiş maqsadida Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov bilan boğlandi. Uning bildirişiça, joriy yilning 17 iyun kuni Ğijduvon tuman IIB navbatçilik qismiga 2010 yilda tuğilgan qiz elektr toki urişi oqibatida vafot etgani töğrisida xabarnoma kelib tuşgan.
Xabarnomaga asosan hodisa joyi tezkor-tergov guruhi tomonidan közdan keçirilib, iş uçun ahamiyatli bölgan 1 dona elektr uzatgiç va havo sovutiş uskunasi olingan. Şuningdek, marhumaning jasadini taşqi közdan keçiriş jarayonida çap qöl kaft qismi va öng oyoq boş barmoği yon tomonidagi elektr toki tasiridan kelib çiqqan şilinmadan boşqa biror-bir jarohat va uning izlari aniqlanmagan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatining Davlatobod tumanida 5-sinf öquvçisi elektr toki urişi oqibatida vafot etgandi.