Sirdaryoda 104 mrld sömlik paxta noqonuniy sotilgani aniqlandi
29-06-2026, 12:15
116 марта
Sirdaryo viloyatida 100 mlrd sömdan ortiq qiymatdagi paxta tolasini noqonuniy tarzda töğridan töğri şartnomalar asosida sotgan korxonaga nisbatan tegişli tasir çorasi qöllanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va istemolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar qildi.
Qayd etilişiça, qömitaning Sirdaryo viloyati hududiy boşqarmasi tomonidan birja savdolarini ötkazişda raqobatni çeklaşga olib keladigan yoki olib kelişi mumkin bölgan harakatlarni taqiqlaş böyiça qonunçilik hujjatlari buzilişlari yuzasidan olib borilgan örganiş işlari natijasida “White gold klaster” MÇJ tomonidan 104 mlrd sömlik 5 000 tonnadan ortiq paxta tolasi mahsulotni birja savdolarisiz töğridan töğri şartnomalar asosida sotilgani aniqlangan.
Şuningdek, uşbu mahsulotni birja savdolarida şakllangan örtaça birja kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda narxlarini yuqori qöllaş natijasida jami 700 mln sömdan ortiq asossiz daromad olganlik holatlari ham aniqlangan.
Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boşqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat töğrisida”gi qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilişi alomatlari bilan “White gold klaster” MÇJga nisbatan iş qözğatilib, işni körib çiqiş natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qöllanilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryoda 205 tonna un mahsulotini birja savdolarisiz 634 million sömga sotgan korxonaga nisbatan tegişli tasir çorasi qöllanilgan edi.