USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ikki viloyatda mansabdorlar pora bilan uşlandi

335 марта
Икки вилоятда мансабдорлар пора билан ушланди

Toşkent va Navoiy viloyatlarida davlat taşkilotlarining bir guruh mansabdorlari tomonidan amalga oşirilgan korruptsion holatlar aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, Ösimliklar karantini va himoyasi agentligining Toşkent viloyati tumanlaridan biridagi bölimi inspektori fuqaroga davlat zaxirasida bölgan 20 gektar yer maydonidan tabiiy çimni köçirib oliş huquqini beruvçi sertifikat va uni taşiş uçun deklaratsiya hujjatini tayyorlab beriş evaziga 2200 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Söngra, u uşbu pul mablağidan 200 AQŞ dollarini öz uluşi sifatida olib qolib, qolgan qismini tuman bölimi boşliğiga beriş kerakligi malum bölgan. Davom ettirilgan tezkor tadbirda tuman bölim boşliği 2 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga çek qöyilgan.

Yana boşqa holatda esa, DXX Navoiy viloyati böyiça boşqarmasi va IJQK departamenti hamda Içki işlar organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda “Navoiy suv taminoti” AJning tumanlardan biridagi bölimi maşinisti mahalliy fuqaroni mansabdor tanişlari orqali uşbu tizimga operatorlik vazifasiga işga kiritib qöyiş evaziga 500 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.



Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, undan mazkur pul mablağini olgan vaqtida muqaddam sudlangan boş muhandis uşlangan. Bundan taşqari, uşbu noqonuniy işga tuman bölimi boşliği ham aloqadorligi aniqlanib, holat protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.

Bildirilişiça, hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent va Qaşqadaryo viloyatlarida şifoxonaga işga joylab qöyişni vada qilib, buning evaziga pul talab qilganlar qölga tuşgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: