Buxoroda Germaniyaga işga yuborişni vada qilgan şaxs uşlandi
Buxoro viloyatida uç nafar fuqaroni Germaniyaga işga yuborişni vada qilib, ulardan qariyb 20 ming AQŞ dollari va 2 million söm olgan şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Departamentining Buxoro viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda aniqlanişiça, fuqaro B.R. özini köp yillardan buyon Germaniyada işlab kelayotgan şaxs sifatida taniştirib, göyoki yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali fuqarolarni uşbu davlatga işga yuborişini vada qilgan.
U şu yöl bilan uç nafar fuqaroning işonçiga kirib, ulardan jami 19 800 AQŞ dollari hamda 2 million sömni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.
Bildirilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda fuqarolarni Germaniyaga işga yuborişni vada qilgan şaxslar uşlangandi.
Mumtozbegim Abdumöminova