Fuqaroning tölov pulini öz ehtiyojlariga sarflagan “elektroset” xodimi uşlandi
Farğona viloyatining Danğara tumanida fuqaroning pulini abonent hisob raqamiga ötkazişni aytib, öz ehtiyojlarida işlatib yuborgan elektr taminoti xodimlari uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Malum qilinişiça, Departamentning Danğara tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda Danğara TET muhandisi I.J. va sobiq xodimi A.A.lar özaro til biriktirib, fuqaro O.N.ning işonçiga kirib, xonadonidagi elektr energiyasi tölovi uçun deb 16 million sömini olganliklari va O.N.ning elektr hisoblagiçini TET “Billing” dasturidan çiqarib yuborganliklari hamda uşbu pullarni O.N.ning abonent hisob raqamiga kirim qilmasdan öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborganliklari aniqlangan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo va Andijon viloyatlarida hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining masul şaxslari tomonidan amalga oşirilgan korruptsion holatlar aniqlangan edi.