Navoiyda 15 yaşar ikki bola kanalga çökib ketdi
Navoiy viloyatida 2011 yilda tuğilgan ikki bola kanalga çökib ketişi oqibatida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ söroviga javoban Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov malum qildi.
Malum bölişiça, joriy yilning 2 iyul kuni soat taxminan 13:30 da voyaga yetmagan B.R. hamda S.A. “Beşrabot-Konimex” kanalining “Yangi obod” MFY Bunyodkor köçasidan oqib ötuvçi qismiga sinfdoşlari bilan çömiliş uçun borgan va çökib ketib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida jinoyatga xos belgilar aniqlanmagan.
Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki malumotnomasiga köra, voyaga yetmagan B.R. va S.A. ning ölimiga “yuqori nafas yöllarining suv bilan berkilişidan kelib çiqqan mexanik asfiksiya” sabab bölgan bölişi mumkin.
Şuningdek, olib borilgan tergovga qadar tekşiruv davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” Navbahor tuman bölimining tegişli mutaxassislari jalb qilingan holda fuqaro A.R. ga tegişli, kanal yonidagi dehqonçilik uçun möljallangan suv nasosi işçi holatda kanalga tuşirib körilganda suvda elektr körsatkiçlari mavjud emasligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Navbahor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 1984 yilda tuğilgan fuqaro Qoradaryo daryosida çökib ketgan edi.