Koreya va Kanadaga yuboriş vadasi bilan odamlarni “uxlatganlar” uşlandi
Toşkent, Farğona va Andijon viloyatlarida Koreya va Kanadaga işga yuborişni vada qilganlar uşlandi. Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Toşkent viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro M.A. (muqaddam sudlangan) 2 nafar fuqaroni Koreya davlatiga yuborişi evaziga 12 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.
Departamentning Quvasoy şahri bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro D.R. fuqaroni Koreya davlatidagi oliy talim muassasasiga öqişga kiritişi va viza olib berişini vada qilib, 11 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlanib, uşbu pullar hisobidan 200 AQŞ dollarining qaytarilişi protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Departamentning Paxtaobod tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro X.M. (muqaddam sudlangan) 2 nafar fuqaroni Kanada va Koreya davlatlariga ketişlari uçun hujjatlarini tayyorlab berişi evaziga jami 4 945 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatida uç nafar fuqaroni Germaniyaga işga yuborişni vada qilib, ulardan qariyb 20 ming AQŞ dollari va 2 million söm olgan şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilgandi.