5 ta hududda bankirlar qariyb 2 mlrd sömni “uxlatdi”
Qoraqalpoğiston Respublikasi, Farğona, Andijon va Buxoro viloyatlarida bank tizimida sodir etilgan qator qonunbuzarliklar foş etildi. Tekşiruvlar davomida ayrim bank xodimlari va sobiq mansabdorlar imtiyozli kredit mablağlarini noqonuniy özlaştirgani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasining Beruniy tumanida tijorat bankining 3 nafar Bank xizmatlari markazi (BXM) xodimi özaro til biriktirib, 5 nafar fuqaro nomiga imtiyozli kredit ajratgan. Biroq uşbu mablağlardan belgilangan maqsadda foydalanmasdan, 146 mln sömni özlaştirgan.
Farğona viloyatining Rişton tumanida esa tijorat banki filialining masul xodimlari va boşqa şaxslar “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan kreditlarni noqonuniy özlaştirgani aniqlangan. Gumonlanuvçilar 21 nafar fuqaro nomiga hunarmandçilik, tikuv uskunalari xaridi, issiqxona quriş hamda çorvaçilik uçun jami 747 mln söm imtiyozli kredit rasmiylaştirgan. Bu haqda fuqarolarga xabar bermagan holda mablağlarni taminotçi korxonalarga ötkazgan.
Andijon viloyatining Xöjaobod tumanida esa tijorat banki BXM boşqaruvçisining sobiq örinbosari va boşqa şaxslar fuqaro nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik subekti taşkil qilgan. Ular soxta malumotlar asosida 500 mln söm kredit mablağini qölga kiritgani aniqlangan. Malumotlarga köra, uşbu şaxs avval ham Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan sudlangan.
Buxoro viloyatining Jondor tumanida bankning sobiq rahbari va sobiq mutaxassisi fuqarolarning xabarisiz ularning nomiga kredit rasmiylaştirib, 110 mln söm mablağni firibgarlik yöli bilan egallagani malum bölgan.
Bundan taşqari, Farğona viloyatining Qöştepa tumanida bankning sobiq bölim boşliği fuqaroga uy-joy sotib oliş uçun 240,5 mln sömlik ipoteka krediti ajratib berişini vada qilgan. Biroq qalbaki kredit şartnomasi orqali ajratilgan mablağning 90 mln sömini öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona şahrida tadbirkorlik subekti rahbari bankdan ajratilgan 1,5 mlrd sömlik kredit mablağlarini özlaştirgani haqida xabar berilgandi.