Farğonada MÇJ rahbari 1,5 mlrd sömni “uxlatdi”
Farğona şahrida tadbirkorlik subekti rahbari bankdan ajratilgan 1,5 mlrd sömlik kredit mablağlarini özlaştirganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Farğona şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv davomida “A.Z” MÇJ rahbari Ş.B. “Mikrokreditbank” ATB Farğona bank xizmatlari ofisidan ajratilgan kredit mablağlarini özlaştirgan. Oqibatda bank manfaatlariga 1,5 mlrd söm miqdorida zarar yetkazilgani malum bölgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining “özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş” bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qoraqalpoğiston Respublikasida 1,4 milliard sömlik kredit mablağlarini özlaştirganlar foş etilgan edi.