Keşbek öpqoni: Byudjetdan yana 3,2 mlrd söm ömarildi
9-06-2026, 17:38
271 марта

Keşbek öpqoni: Byudjetdan yana 3,2 mlrd söm ömarildi
Farğona viloyatida “Soliq Mobile” ilovasi orqali 3,2 milliard söm mablağlarni keşbek sifatida talon-toroj qilgan bir guruh şaxslar qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.Departamentning Farğona viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda malum bölişiça, fuqarolar M.X., M.X., va K.I. özaro til biriktirib, Telegram ijtimoiy tarmoğida turli nomdagi guruhlar taşkil etgan. Ular tuzgan guruhlari orqali 7 ta MÇJlarga tegişli xarid çeklari uçun jismoniy şaxslarga 1 foizli va ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan şaxslarga 12 foizli keşbek summasini onlayn tarzda sotiş bilan şuğullanib kelgan. Mazkur 7 ta MÇJlar tomonidan heç qanday moliyaviy aloqalar amalga oşirilmagan bölsa-da, göyoki 3,3 trillion sömlik mahsulotlar va xizmatlar xarid qilinganligi haqida soxta elektron hisob-fakturalarni rasmiylaştirgan.
Şundan söng, göyoki savdodan tuşgan pullarni onlayn nazorat kassa maşinalari orqali kirim qilib, fuqarolarga sotganligi haqida xarid çeklarini çiqarib bergan. Bunda 211 584 nafar fuqaroga “Soliq Mobile” ilovasi orqali keşbek sifatida 28,5 milliard söm hisoblangan, şundan tölab berilgan 3,2 milliard sömni byudjet mablağlarini özlaştiriş va rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.