Özbekistonda byudjetdan 643,2 mlrd söm ömargan korruptsion sxema foş etildi
3-06-2026, 12:05
330 марта

Özbekistonda byudjetdan 643,2 mlrd söm ömargan korruptsion sxema foş etildi
Özbekistonda 643,2 milliard söm byudjet mablağini talon-toroj qiliş bilan boğliq yirik korruptsion sxema foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.Malum qilinişiça, Soliq qömitasi, Buxoro viloyati Soliq boşqarmasi, “Özbekneftgaz” AJ hamda bir qator mahalliy va qöşma korxonalarning masul şaxslari özaro til biriktirgan holda qonunbuzilişlarga yöl qöygan.

Tergovga qadar tekşiruv materiallariga köra, Şörtan gaz-kimyo majmuasining işlab çiqariş quvvatini kengaytiriş böyiça berilgan 5,3 trillion sömlik xizmatlar qöşilgan qiymat soliğidan (QQS) ozod etilgan bölişiga qaramasdan, QQS summalari elektron hisob-fakturalarga noqonuniy ravişda kiritilgan.
Oqibatda byudjetda asossiz ravişda QQS mablaği şakllantirilib, uşbu mablağlarning bir qismi “A.” MÇJning hisob raqamiga qaytarilişiga hamda “S.E.” MÇJ QKSning davlat oldidagi kreditorlik qarzdorliklarining yöq qilinişiga yönaltirilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, mazkur sxema orqali 643,2 milliard sömlik byudjet mablağlari özlaştiriş va rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilingan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.