Navoiyda 34,8 mlrd sömlik “keşbek” talon-toroj qilindi
Navoiy viloyatida “Soliq Mobile” ilovasi orqali 34,8 milliard söm mablağni keşbek sifatida noqonuniy ravişda özlaştiriş holati aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Navoiy şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda 13 ta MÇJ mansabdor şaxslari va boşqa şaxslar özaro til biriktirgani aniqlangan.
Unga köra, ular 4,5 trillion sömlik mahsulotlar yetkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylaştirib, nazorat-kassa maşinalari orqali savdo amalga oşirilganini körsatgan hamda fuqarolarga soxta xarid çeklari taqdim etgan. Örganişlar davomida uşbu MÇJlar tomonidan heç qanday real tovar va moliyaviy operatsiyalar amalga oşirilmagani aniqlangan. Şunga qaramay, 105 524 nafar fuqaroga “Soliq Mobile” ilovasi orqali jami 34,8 mlrd söm keşbek hisoblangan. Uşbu mablağlar firibgarlik yöli bilan özlaştirilgani malum bölgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) hamda 228-moddasi (soxta hujjatlar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, Farğonada 125 mlrd sömlik suniy QQS orqali noqonuniy keşbek oliş sxemasi aniqlangandi.
Mumtozbegim Abdumöminova