Andijonda gazçi pora bilan uşlandi
Andijon viloyatining Oltinköl tumanida gaz taminoti korxonasi xodimi fuqarodan 3 million söm olayotgan vaqtida qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Malum qilinişiça, departamentning Oltinköl tumani bölimi, “Hududgaz Andijon” komplayens xizmati hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda “Oltinköltumangaz” gazçisi H.I. uşlangan.
Aniqlanişiça, u fuqaro F.P. ga xonadonida tabiiy gazdan qarzdorlik bölmasa-da, gaz hisoblagiçining nosozligi sabab, göyoki 8 million söm qarzdorlik yuzaga kelganini aytgan. Şuningdek, dalolatnoma rasmiylaştirmasdan uşbu qarzdorlikni yöq qilib beriş evaziga 3 million söm talab qilgan.
Gaz taminoti korxonasi xodimi 3 million sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyati Urgut tumani prokurorining örinbosari jami hisobda qariyb 24 000 AQŞ dollari miqdoridagi pora bilan qölga tuşgan edi.