Uç viloyatda qariyb yarim mlrd sömlik energiya talon-toroj qilindi
Samarqand, Toşkent va Qaşqadaryo viloyatlarida tabiiy gaz hamda elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq holatlar foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Iştixon tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro Z.T. “Xalqobod” MFY hududidagi xonadonida tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan noqonuniy ulangan holda undan tijorat maqsadlarida foydalangani aniqlangan. Oqibatda davlatga 246,2 mln sömlik tabiiy gaz zarari yetkazilgani malum bölgan.
Şuningdek, departamentning Yangiyöl tumani bölimi tomonidan olib borilgan tekşiruvda tuman maktabgaça va maktab talimi bölimining masul şaxslari umumiy örta talim maktabi binosida elektr tarmoğiga noqonuniy ravişda ulanib, 114,6 mln sömlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlangan.
Bundan taşqari, Qaşqadaryo viloyati Koson tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tekşiruvda “S.B.” fermer xöjaligi rahbari E.S. “Quyiboğ” MFY hududidagi yer maydonida suv nasosi hamda dala şiyponidagi elektr uskunalarini umumiy elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab qöygani aniqlangan. Uşbu holatda 109,7 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani qayd etilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov işlari davom ettirilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatida 1,5 mlrd sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona foş etilgandi.