USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Zangiotadagi portlaşga nima sabab bölgani oçiqlandi

206 марта
Зангиотадаги портлашга нима сабаб бўлгани очиқланди

Toşkent viloyatining Zangiota tumanida joylaşgan avtomobillarga suyultirilgan gaz töldiriş şoxobçasida (AGTŞ) yuz bergan portlaşning dastlabki sabablari malum böldi. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi xabar berdi.

Hodisa joriy yilning 16 iyul kuni soat 22:46 larda Zangiota tumani Erkin mahallasidagi “Ohangaron gaz töldiriş şoxobçasi” MÇJga qaraşli AGTŞda sodir bölgan edi.

Dastlabki örganişlarga köra, mazkur şoxobçaga faqat avtomobillarga suyultirilgan gaz quyiş uçun ruxsat berilgan bölişiga qaramay, belgilangan talablar buzilib, maişiy gaz ballonlariga ham gaz töldirilgan.

Qayd etilişiça, hodisa vaqtida Labo rusumli avtomobilda olib kelingan 6 dona 100 litrli maişiy gaz balloniga qölbola tayyorlangan ötiş moslamasi orqali gaz quyilayotgan bölgan. Uçinçi ballon töldirilayotgan vaqtda şlang yorilib, ulangan joyidan ajralib çiqqan. Bosim ostidagi şlangning qattiq jismga urilgani oqibatida çaqnaş yuz berib, gaz ballonlari ketma-ket portlagan. Hodisa oqibatida 2 ta gaz balloni portlagan, yana 4 tasi yonib, mexanik deformatsiyaga uçragan.

Portlaş oqibatida 3 nafar fuqaro turli darajadagi kuyiş tan jarohatlari olgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli örta oğir, bir nafarining esa ahvoli oğir ekani aytilmoqda.

Hozirda hodisa joyida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi mutaxassislari hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar iştirokida örganiş işlari olib borilmoqda.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Portlaş va yonğinning aniq sabablarini aniqlaş maqsadida sudga oid kompleks ekspertiza tayinlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Qarşi tumanida suyultirilgan gaz quyiş şoxobçasida portlaş sodir bölgan edi. Şuningdek, Andijon viloyatining Xonobod şahrida joylaşgan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasida havo-gaz aralaşmasining çaqnaşi sodir bölgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: