Özbekiston eng tinç davlatlar reytingida 60-örinni egalladi
28-05-2025, 11:07
172 марта
Iqtisodiyot va tinçlik instituti tomonidan e’lon qilingan yillik Global Peace Index (GPI) reytingida Özbekiston 163 davlat orasida 60-örinni egalladi.Global Peace Index (GPI) har yili bir marta tuziladi. GPI 163 ta mustaqil davlat va hududlarni ularning tinçlik darajasiga köra baholaydi, bu orqali dunyo aholisining 99,7 foizi qamrab olinadi.
Indeks 23 ta sifat va miqdoriy körsatkiçlarga asoslanadi va uçta asosiy yönalişni öz içiga oladi:
jamiyat xavfsizligi va xavfsizlik darajasi;
içki va xalqaro mojarolar mavjudligi;
harbiylaştiriş darajasi.
Reyting 1 dan 5 gaça bölgan şkala böyiça tuziladi, pastroq ball esa tinçroq va xavfsizroq mamlakatni körsatadi. Özbekiston 1,96 ball bilan reytingning birinçi yarmidan joy oldi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida
Qozoğiston 59-örinda,
Tojikiston 72-örinda,
Qirğiziston 78-örinda,
Turkmaniston 83-örinda qayd etildi.
Reytingning eng yuqori uçta örnini Islandiya, Irlandiya va Avstriya band etdi. Bu davlatlar xavfsizlikning yuqori darajasi, jinoyatçilik darajasining pastligi, xalqaro va içki qarama-qarşiliklarning yöqligi, barqaror boşqaruv institutlari bilan ajralib turadi. Islandiya uşbu reytingda 2008-yildan beri uzluksiz ravişda birinçi örinni egallab kelmoqda.
Eng quyi 3 ta poğonadan esa Janubiy Sudan, Sudan, Yaman örin oldi. Ukraina va Rossiya mos ravişda 159- va 156-örinlarni egallab, dunyodagi xavfli davlatlar qatoriga kirdi.