Özbekiston, Qirğiziston va Qozoğiston “Qambarota GES-1” böyiça kelişib oldi
28-05-2025, 10:57
118 марта
Joriy yilning 26-27 may kunlari Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida “Qambarota GES-1” loyihasi böyiça ikkinçi vazirlar darajasidagi davra suhbati bölib ötdi. Bu haqda Qirğiziston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Uçraşuvda Özbekiston, Qirğiziston va Qozoğiston Energetika vazirliklari rahbarlari hamda Jahon banki vakillari iştirok etgan. Xususan, Qozoğiston Energetika vaziri Yerlan Akkenjenov, Qirğiziston Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev va Özbekiston Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov qatnaşgan. Tomonlar yangilangan texnik-iqtisodiy asoslama, ekologik va ijtimoiy baholaşlar, smeta, energiya tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va barqaror moliyalaştiriş modellarini muhokama qilgan.
Qayd etilişiça, uç davlat hukumati loyihani tayyorlaşda Jahon bankidan texnik yordam söragan. Bank vakillari öz navbatida mintaqaviy davlatlar örtasidagi yuqori darajadagi hamkorlikni e’tirof etib, ularni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirgan.
“Uçraşuv yakunida tomonlar loyiha böyiça keyingi bosqiçlarni amalga oşiriş hamda vazirliklar darajasidagi muntazam maslahatlaşuvlarni davom ettirişga kelişib oldilar”, deyiladi xabarda.