Toşkentdan Moskvaga uçgan samolyot dronlar hujumi sabab Qozonga qöndi
28-05-2025, 14:05
144 марта

Toşkentdan Moskvaga parvozni amalga oşirayotgan SU1871 reysi 28-may kuni dronlarning hujumi tufayli Qozonga qöndi. Yölovçilar 4 soat davomida ularni samolyotdan çiqarişmaganini aytmoqda. Bu haqda yölovçilar murojaatiga tayanib, “Ostorojno Novosti” Telegram kanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, Moskvadagi aeroportlar yopilgani sababli tungi soat 03:00 da Toşkentdan havoga kötarilgan samolyot Qozonga yönaltirilgan. Soat 04:55 dan beri yölovçilar samolyotda qolmoqda, ularga na Moskvaga parvoz haqida ma’lumot berilgan, na samolyotdan çiqişga ruxsat etilgan.
Gazaklar berilmadi, parvoz haqida ma’lumot berişmayapti! Vaholanki, havo hududi allaqaçon oçilgan. Ikki soat oldin bizni Qozonda samolyotdan tuşirişmoqçi ekani haqida ma’lumot bor edi, keyin yana (“Aeroflot”) kompaniyaning qarorini kutayotganimizni aytişdi, deydi yölovçilar.
Şundan söng yölovçilarga yaqin 12 soat içida parvoz rejalaştirilmagani, “ekipajning iş smenasi tugagani va Qozon aeroporti samolyotlarni qabul qilmayotgani” haqida xabar berilgan. “Aeroflot” aviakompaniyasi xodimlariga köra, aeroport haddan ortiq yuklangan va qönişga ruxsat bermayapti