Putin öt bilan öynaşyapti – Tramp
28-05-2025, 09:59
106 марта

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning harakatlarini yana bir bor tanqid qildi. Bu haqda u keça, 27 may kuni özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozdi.
“Vladimir Putin tuşunmaydigan narsa şundaki, agar men bölmaganimda, Rossiya bilan juda yomon voqealar allaqaçon sodir bölgan bölardi – va men JUDA YOMON demoqçiman. U olov bilan öynaşyapti!” deb yozgan Tramp.
Sönggi bir neça kun içida Tramp Putin haqida juda qattiq gapira boşladi. 25 may kuni Rossiyaning Ukrainaga bergan ommaviy zarbasidan söng AQŞ Prezidenti “köp odamlarni öldiradigan” Putindan noroziligini bildirdi. Keyinroq Tramp Rossiya Prezidenti “aqldan ozgan” degan fikrni bildirdi.
“The Wall Street Journal” 26 may kuni Tramp şu hafta oxirigaça Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar joriy etiş imkoniyatini körib çiqayotgani haqida yozdi.