HAMAS öt oçişni töxtatişga rozi böldi. AQŞ va Isroil qarşi çiqdi — OAV
27-05-2025, 17:40
143 марта

HAMAS guruhi Ğazoga öt oçişni töxtatiş böyiça AQŞ taklifiga rozi böldi. Bu haqda Al Jazeera manbalari xabar berdi. Biroq amerikalik rasmiylar mazkur ma’lumotni rad etmoqda. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
AQŞ tomoni muhokama qilinayotgan kelişuvni “qabul qilib bölmaydigan” va “hafsalani pir qiladigan” deb atadi. Isroil rasmiylari ham taklif AQŞdan çiqqanini rad etdi va hukumat buni qabul qilmasligini bildirdi.
Qarama-qarşi ma’lumotlar Ğazoda oçarçilikni boşdan keçirayotgan aholi hujumga uçrayotgani, sektorga gumanitar yordam kirişi bloklangani fonida e’lon qilindi. Birgina 26-may kuni Isroil hujumlari oqibatida kamida 81 kişi, jumladan, köplab bolalar halok böldi.
Manbalarga köra, otaşkesim böyiça kelişuv loyihasiga HAMAS va AQŞning Yaqin Şarqdagi elçisi Stiv Vitkoff rozi bölgan. Ular Dohada uçraşuv ötkazgan. Loyiha 60 kunlik öt oçişni töxtatiş va Ğazoda saqlanayotgan 10 nafar tirik asirni ikki bosqiçda ozod qilişni nazarda tutgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp kelişuv şartlari va Isroil qöşinlarining Ğazodan olib çiqilişini kafolatlaşi kerak edi. Kelişuv har qanday şartlarsiz insonparvarlik yordamini kiritişga imkon berişini közda tutgan.