Namanganda “zapravka”dan gaz olayotgan Nexia-2 portlab ketdi
Namanganda avtomobillarga metan gaz quyiş şoxobçasida gaz yonilğisini töldirayotgan Nexia-2 maşinasining gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda viloyat Favqulotda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Keça, 20 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Uyçi tumanidagi avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasida gaz balloni portlagani haqida xabarlar tarqalgan.
Boşqarmaning malum qilişiça, hodisa joriy yilning 19 iyul kuni soat taxminan 21:20 larda Namangan viloyatining Uyçi tumanidagi “Beruniy” MFY, Abu Rayhon Beruniy köçasida joylaşgan MÇJga qaraşli AGTKŞda sodir bölgan. Aniqlanişiça, Nexia-2 rusumli avtomaşinaning propan gaziga moslaştirilgan gaz uskunasiga metan gazi quyilişi oqibatida avtomobilning gaz balloni portlagan.
Bildirilişiça, hodisa oqibatida avtomaşina texnik şikastlangan bölib, heç kim tan jarohati olmagan. Şuningdek, uşbu hodisa yuzasidan tuman Favqulodda vaziyatlar bölimiga xabar kelib tuşmagan.
Boşqarma fuqarolardan avtomobillarga örnatilgan gaz ballon uskunalaridan faqat belgilangan texnik talablarga muvofiq foydalaniş, gaz jihozlarining turiga mos yoqilği quyiş hamda xavfsizlik qoidalariga qatiy rioya qilişni söragan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatidagi avtomobillarga propan gaz töldiriş şoxobçasida yuz bergan portlaş oqibatida uç kişi jarohatlangandi.