Toşkentda $578 minglik kripto-aktivni aylantirgan yigit uşlandi
Toşkent şahrining Yunusobod tumanida qariyb 7 milliard sömlik noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasini amalga oşirganlikda gumonlanayotgan şaxs aniqlandi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, fuqaro umumiy qiymati 578 ming AQŞ dollariga teng bölgan noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasini amalga oşirgan. Bu mablağ qariyb 6 milliard 926 million sömni taşkil etadi.
Suriştiruvlar davomida 2009 yilda tuğilgan yigit maxsus qurilmalar va dasturiy vositalardan foydalangan holda noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan şuğullanganini bildirgan.
Uning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda bir dona noutbuk, mobil telefon, ikkita bank plastik kartasi hamda monoblok kompyuter aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yunusobod tumanida qariyb 11 million dollarlik kriptoaktivlarning noqonuniy aylanişini amalga oşirgan şaxs uşlangan edi.