USD: 11,809 so'm ▼ EUR: 13,404 so'm ▼ RUB: 142 so'm ▲ GBP: 15,691 so'm ▲ CNY: 1,761 so'm ▼ KZT: 27 so'm ▼ TRY: 241 so'm ▼ AED: 3,215 so'm ▼ USD: 11,809 so'm ▼ EUR: 13,404 so'm ▼ RUB: 142 so'm ▲ GBP: 15,691 so'm ▲ CNY: 1,761 so'm ▼ KZT: 27 so'm ▼ TRY: 241 so'm ▼ AED: 3,215 so'm ▼

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

124 марта


Italiya bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgach, prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, dunyoga mashhur Registon maydoni buyuk ajdodlarimizning bunyodkorlik salohiyatini aks ettiruvchi mamlakatning asosiy tashrif qog‘ozidir. Majmuadagi Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari o‘zining ulug‘vorligi, boy tarixi va betakror meʼmorchiligi bilan yurtimiz mehmonlarida chuqur taassurot qoldirmoqda.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Oliy martabali mehmonga ushbu Sharq shaharsozligi durdonasining qurilish tarixi, meʼmoriy yechimlari va bezaklarining o‘ziga xos jihatlari, ushbu maskan bilan bog‘liq muhim voqealar va shaxslar, shuningdek, o‘zbek xalqining madaniy merosi haqida batafsil maʼlumot berildi.
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

So‘ngra davlat rahbarlari “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik bog‘ida bo‘ldi.
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

O‘zbekiston xalqining boy madaniy merosi, hunarmandchilik va amaliy sanʼatini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tomosha qilindi.
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: