USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Musayev, marmar göşt va 90 mln mojarosi. Toştemirov nomi Interpol qidiruvidan ğoyib böldi

335 марта
Мусаев, мармар гўшт ва 90 млн можароси. Тоштемиров номи Интерпол қидирувидан ғойиб бўлди

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining sobiq xodimi – Içki işlar vazirligi sörovi bilan Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgan Azizbek Toştemirovning nomi xalqaro qidruvdagi şaxslar röyxatidan sirli ravişda ğoyib böldi. QALAMPIR.UZ’ning Interpol saytida olib borgan tadqiqlari buni tasdiqlamoqda. 

Gap şundaki, Migratsiya agentligida Koreyadagi vakolatxona rahbari lavozimida faoliyat olib borgan Azizbek Toştemirov 2025 yilning mart oyida turli qonunbuzarliklar uçun işdan böşatilgan. U firibgarlik va bir qator jinoyatlarda gumon qilinib, joriy yilning may oyida Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgan edi. 

Malumotlarga köra, Azizbek Toştemirov lavozimdaligi davrida Janubiy Koreyaga işga ketiş uçun ötkaziladigan bazi EPS–Topik imtihonlari vaqtida ayrim nomzodlar örniga boşqa şaxslar kiritilgani, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining bazi xodimlari esa ularga testdan ötişda göyoki yordam bergani holatlari kuzatilgan va ehtimoliy qonunbuzarlik töğrisida fuqarolardan bir qança murojaatlar bölgan.

2025 yilning avgustida fuqarolarni Janubiy Koreyaga işga yuboriş evaziga noqonuniy ravişda pul olgan Migratsiya agentligining Namangan viloyati filiali boş mutaxassisi va agentlik markaziy apparati boş mutaxassisiga jinoyat işi qözğatilganidan söng, agentlikning Seul şahridagi vakolatxonasida faoliyat yuritgan barça xodimlar töliq özgartirilgan.

Biroq, Toştemirovning özi bu ayblovlarni butkul rad etib, har qanday qonunbuzarlik va korruptsiya boşida agentlikning amaldagi rahbari Behzod Musayev turganini iddao qilib çiqdi. 

“Koreya 24 soat” deb nomlangan telegram kanaliga Migratsiya agentligi rahbariga tegişli ekani aytilgan audio va yozişmalardan olingan suratlar joylab borilmoqda. Unda Behzod Musayev qimmatbaho sovğalar, davlat hisobidan $150 ming dollarlik maşina, premium dökonlardan xarid qilinadigan göşt mahsulotlari talab qilgani haqida jiddiy ayblovlar ilgari surilgan. Azizbek Toştemirov öz kanalida barça holatlar böyiça faktlar yetarli ekani, huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etişga tayyorligini bildirgan.

Interpol qidiruvida bölgan Azizbek Toştemirovning 17 iyun kuni elon qilgan postiga köra, u Koreyada işlayotgan paytida undan Behzod Musayev uçun har ikki haftada 10 kilogrammdan qimmatbaho vagyu göşti yuborib turiş talab qilingan. U gapiga isbot sifatida Migratsiya agentligining rahbari Behzod Musayevga tegişli ekani aytilgan audioni ilova qilgan.

Qolaversa, Azizbek Toştemirov tez-tez spirtli içimliklar, kosmetika mahsulotlari va hatto “Please” (erkaklik quvvatini oşiruvçi vosita) dorisini yuboriş söralgani aks etgan skrinşotlarni ham elon qilgan.

“B. Musayev soliqçi bölganku, soliq soliş qonida bor. Mening böynimga solingan soliqlar ham kundan-kunga ortib bordi. Men topgan oyligimga Musayev va uning oilasi uçun eng qimmatbaho koreys kosmetikalaridan tortib, zubnoy pasta-yu, hatto vlajniy salfetkagaça yuborişim kerak edi”, deb yozadi Azizbek Toştemirov.

Sobiq xodim göşt mahsulotlarini “Premium” dökonlardan sotib olingani, bazan u bunday mahsulotlarga maoşi yetmay boşqa xodimlar bilan pul yiğişga majbur bölganini ham yozgan.

Azizbek Toştemirov “4-Fakt” sifatida kanaliga joylagan postida Koreyadan maxsus tyuning qilingan Hyundai Palisade avtomobilini yuboriş talab qilinganini yozdi.

“Talablar borgan sari oşib bordi. Bir kuni Musayev maşinada ötirsa, beli oğrib qolayotganini aytib, Koreyadan maxsus yotib ketişga möljallangan (tuning qilingan) divanga ega Hyundai Palisade maşinasini yuborişimni buyurdi. Maşinani izladik, topdik, ammo tölovga kelganda “özing amalla” degan javobni oldim”, deb yozadi Toştemirov.

Avvalroq, Taşqi mehnat migratsiyasi va xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdor şaxslari tomonidan amalga oşirilgan korruptsion sxema aniqlangani, ular 600 dan ortiq odamdan $90 mln olgani foş qilingani malum bölgandi. Azizbek Toştemirovning iddao qilişiça, bu jinoyatga ham Musayev aloqador.

“Ayni paytda Koreyaga işlaş uçun ketgan fuqarolarning kim orqali, qança pul evaziga ketganligi tekşirilmoqdami? Xöş, nima sababdan B. Musayevning şaxsan topşiriği ortidan Koreyaga ketganlar bilan heç kim qiziqmayapti? Bunday topşiriqlarning son-sanoği yöq. Qay biridan qançadan olgan nomalum, lekin hoynahoy 90 mln $ Musayevning uyidan çiqsa ajabmas”, deb yozgan u.

Joriy yilning 20 iyun kuni Migratsiya agentligi şov-şuvli holat böyiça rasmiy munosabat bildirdi. Unda Azizbek Toştemirov skrinşot, audio va rasmlar bilan iddao qilayotgan gaplar haqiqatga töğri kelmasligi va bir tomonlama talqin qilingani aytilgan.

“Mazkur holatlar böyiça vakolatli huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan qonunçilikda belgilangan tartibda tekşiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Tekşiruv natijalariga köra, barça holatlarga huquqiy baho beriladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Oradan bir oydan ortiq vaqt ötdi hamki, biror rasmiy idora – na Boş prokuratura, na Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va na Içki işlar Toştemirovning ayblovlari yuzasidan qanday tekşiruv olib borilayotgani, natijalar qaçon malum bölişiga oydinlik kiritmadi. 

Eslatib ötamiz, joriy yilning aprel oyida Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgan Ravşan Muhitdinovning nomi ham şubhali tarzda qidiruvdagi şaxslar röyxatidan olib taşlangan edi. Keyinroq, Içki işlar vazirligi QALAMPIR.UZ'ning uşbu holat böyiça söroviga nisbatan “Ravşan Zolotoy” aslida 2021 yilda qidiruvga berilgani, tergov harakatlari davomida unga qöyilgan ayblovlar tasdiğini topmagani va şu munosabat bilan qidiruv-tergov harakatlari töxtatilganini bildirgan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: