USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Musayevga boğlanayotgan korruptsion sxema böyiça Migratsiya agentligi tilga kirdi

514 марта
Мусаевга боғланаётган коррупцион схема бўйича Миграция агентлиги тилга кирди

2025 yilning mart oyida korruptsion jinoyatda ayblanib, işdan böşatilgan, hozirda  firibgarlikda gumon qilinayotgan va Interpolga qidiruvga berilgan Migratsiya agentligining sobiq xodimi Azizbek Toştemirov “Koreya işi” böyiça korruptsion holatlarga agentlik rahbari Behzod Musayevning ham bevosita aloqasi borligi haqida malumotlar tarqalmoqda.

“Koreya 24 soat” deb nomlangan telegram kanaliga Migratsiya agentligi rahbariga tegişli ekani aytilgan audio va yozişmalardan olingan suratlar joylab borilmoqda. Unda Behzod Musayev qimmatbaho sovğalar, davlat hisobidan $150 ming dollarlik maşina, premium dökonlardan xarid qilinadigan göşt mahsulotlari talab qilgani haqida jiddiy ayblovlar ilgari surilgan. Azizbek Toştemirov öz kanalida barça holatlar böyiça faktlar yetarli ekani, huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etişga tayyorligini bildirgan.

Interpol qidiruvida bölgan Azizbek Toştemirovning 17 iyun kuni elon qilgan postiga köra, u Koreyada işlayotgan paytida undan Behzod Musayev uçun har ikki haftada 10 kilogrammdan qimmatbaho vagyu göşti yuborib turiş talab qilingan. U gapiga isbot sifatida Migratsiya agentligining rahbari Behzod Musayevga tegişli ekani aytilgan audioni ilova qilgan.

“Mana bu sumkangni olib ket, ketişingdan oldin. Içini töldirib “mramorniy göşt olib kelasan” deyilgan audioda.

U nazarda tutilgan sumkaning rasmini ham telegram kanaliga joylagan.

Qolaversa, Azizbek Toştemirov tez-tez spirtli içimliklar, kosmetika mahsulotlari va hatto “Please” (erkaklik quvvatini oşiruvçi vosita) dorisini yuboriş söralgani aks etgan skrinşotlarni ham elon qilgan.

“B. Musayev soliqçi bölganku, soliq soliş qonida bor. Mening böynimga solingan soliqlar ham kundan-kunga ortib bordi. Men topgan oyligimga Musayev va uning oilasi uçun eng qimmatbaho koreys kosmetikalaridan tortib, zubnoy pasta-yu, hatto vlajniy salfetkagaça yuborişim kerak edi”, deb yozadi Azizbek Toştemirov.

Sobiq xodim göşt mahsulotlarini “Premium” dökonlardan sotib olingani, bazan u bunday mahsulotlarga maoşi yetmay boşqa xodimlar bilan pul yiğişga majbur bölganini ham yozgan.

Azizbek Toştemirov “4-Fakt” sifatida kanaliga joylagan postida Koreyadan maxsus tyuning qilingan Hyundai Palisade avtomobilini yuboriş talab qilinganini yozdi.

“Talablar borgan sari oşib bordi. Bir kuni Musayev maşinada ötirsa, beli oğrib qolayotganini aytib, Koreyadan maxsus yotib ketişga möljallangan (tuning qilingan) divanga ega Hyundai Palisade maşinasini yuborişimni buyurdi. Maşinani izladik, topdik, ammo tölovga kelganda “özing amalla” degan javobni oldim”, deb yozadi Toştemirov.

Toştemirov bunday pul yöqligini aytganida, Musayev unga vakolatxona uçun mablağ sörab rasmiy xat yozişni buyurgani ham keltirib ötgan.

“Menda bunça pul yöqligini aytganimda, vakolatxona uçun mablağ sörab rasmiy xat yozişimni buyurdi. “Byudjetda 150,000 $ pul bor, senga yuboraman, yeçib olib, maşinani menga yuborasan”, deb aytdi. Soliq va turli vazir lavozimlarida işlaganligi uçun davlat pulini qanday obnal qilişni yaxşi biladi axir janob Musayev!”, deb yozgan sobiq agentlik xodimi.

Avvalroq, Taşqi mehnat migratsiyasi va xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdor şaxslari tomonidan amalga oşirilgan korruptsion sxema aniqlangani, ular 600 dan ortiq odamdan $90 mln olgani foş qilingani malum bölgandi. Azizbek Toştemirovning iddao qilişiça, bu jinoyatga ham Musayev aloqador.

“Ayni paytda Koreyaga işlaş uçun ketgan fuqarolarning kim orqali, qança pul evaziga ketganligi tekşirilmoqdami? Xöş, nima sababdan B. Musayevning şaxsan topşiriği ortidan Koreyaga ketganlar bilan heç kim qiziqmayapti? Bunday topşiriqlarning son-sanoği yöq. Qay biridan qançadan olgan nomalum, lekin hoynahoy 90 mln $ Musayevning uyidan çiqsa ajabmas”, deb yozgan u.

Azizbek Toştemirov agentlikning sobiq rahbari Afzal Ermatovga aloqador noqonuniy harakatlarga ham töxtalib ötgan.

“A. Irmatov aynan 2022 yili Koreyaning Özbekistondagi vakili janob Kwon’dan imtihonlarni soxtalaştirişga imkoniyat yaratişni talab qiladi. Koreyalik rasmiy vakil bundan boş tortadi albatta. Bundan jahli çiqqan Irmatov “hali seni yöq qilaman” deya işga kirişdi. Şaxsan mening tarjimonligim ostida ötgan Koreya davlatidagi HRD rahbarlari bilan ötgan uçraşuvda u vakilning ustidan tuhmat sözlar bilan şikoyat qilib, uni almaştirişni talab qildi. Koreya tomon vaziyat böyiça rasmiy xat söragani uçun boşqa davlatning diplomati ustidan “podstava” xat bilan murojaat qildi”, deb yozgan Azizbek Toştemirov.

Bugun, 20 iyun kuni Migratsiya agentligi şov-şuvli holat böyiça rasmiy munosabat bildirdi. Unda Azizbek Toştemirov skrinşot, audio va rasmlar bilan iddao qilayotgan gaplar haqiqatga töğri kelmasligi va bir tomonlama talqin qilingani aytilgan.

“Mazkur holatlar böyiça vakolatli huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan qonunçilikda belgilangan tartibda tekşiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Tekşiruv natijalariga köra, barça holatlarga huquqiy baho beriladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Qolaversa, Migratsiya agentligi davlat organlari va ularning mansabdor şaxslari faoliyatiga oid har qanday malumotlar faqat rasmiy manbalar va işonçli dalillarga asoslangan holda baholanişi lozimligini esaltib ötgan.

“Ayrim internet resurslari orqali şaxsiy malumotlarni tarqatiş, şan va qadr-qimmatga putur yetkazuvçi malumotlarni elon qiliş, şuningdek, jamoatçilikni çalğitişga qaratilgan harakatlarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda çoralar köriladi”, deyilgan agentlik munosabatida.

Şuningdek, agentlik iddao qilingan holatlarni aniqlaş böyiça huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlik qilinayotganini malum qilgan. 

“Migratsiya agentligi öz faoliyatini oçiqlik, qonuniylik va javobgarlik tamoyillari asosida davom ettirmoqda hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda barça holatlarga oydinlik kiritilişini taminlaydi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Azizbek Toştemirov kim?

35 yoşli Azizbek Toştemirov Andijon viloyatida tuğilgan. Taşqi mehnat migratsiyasi agentligida Koreyadagi vakolatxona rahbari lavozimida faoliyat olib borgan. 2025 yilning mart oyida turli qonunbuzarliklar uçun işdan böşatilgan va firibgarlikda gumon qilinib xalqaro qidiruvga berilgan.

Avvalroq, Migratsiya agentligining sobiq bölim boşliği, Azizbek Toştemirov xalqaro qidiruvga berilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: