Endi özbekistonliklar Italiyada 9 oygaça işlaşi mumkin
26-03-2026, 18:47
227 марта

Endi özbekistonliklar Italiyada 9 oygaça işlaşi mumkin
Özbekiston fuqarolari Italiyaga 3 oydan 9 oygaça bölgan mavsumiy işlarga borişi mumkin. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.Malum bölişiça, Özbekiston fuqarolarini Italiyaning qişloq xöjaligi sohasiga jalb etiş böyiça muhim kelişuv imzolangan. Unda Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev, Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Italiya Qişloq xöjaligi vaziri Françesko Lollobrijida va “Confagricoltura” taşkiloti vitse-prezidenti Luka Brondelli iştirok etgan.
Unda özbekistonliklarni Italiyaning agrar sohasiga işga jalb etiş böyiça muhim kelişuvlarga erişilgan. Şuningdek, Migratsiya agentligi hamda Italiyaning “Associazione Imprese Ortofrutticole” taşkiloti örtasida hamkorlik bitimi imzolangan.
Kelişuvga köra, özbekistonliklar Italiyaga 3 oydan 9 oygaça bölgan mavsumiy işlarga jalb etiladi.
Malumot uçun, uşbu assotsiatsiya Italiyada meva-sabzavot sohasidagi 35 dan ortiq yirik kompaniyani birlaştirib, fermerlikdan tortib, qayta işlaş, logistika va eksportgaça bölgan töliq agrosanoat zanjirini qamrab oladi. Asosiy mahsulotlari olma, kivi, anor, qulupnay kabi mevalar hisoblanadi.
Assotsiatsiya prezidenti Marko Salvi joriy yilda pilot loyiha doirasida 100 nafar özbekistonlikni iş bilan taminlaşga tayyor ekanligini bildirgan.