USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyadan Özbekistonga şokolad qoğoziga örab jönatilgan qariyb 1 kg gaşiş aniqlandi

102 марта
Россиядан Ўзбекистонга шоколад қоғозига ўраб жўнатилган қарийб 1 кг гашиш аниқланди

Xorazm va Namangan viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida şokolad qadoqlariga yaşirilgan qariyb 1 kilogramm gaşiş moddasi hamda Yangiqörğon tumanida 423 tup kannabis ösimligi yetiştirilayotganligi aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, tezkor tadbirda 2000 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs Rossiyadan taksi orqali yuborilgan jönatmani qabul qilib olayotgan vaqtida uşlangan. Tekşiruv davomida jönatma içidagi 10 ta şokolad qadoqlariga yaşirilgan jami 967 gramm gaşiş moddasi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilgan.

Şuningdek, DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi va Içki işlar organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Yangiqörğon tumanida yaşovçi 1988 yilda tuğilgan fuqaro öziga tegişli yer maydonida sotiş maqsadida 423 tup kannabis ösimligini parvarişlab kelayotgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahri va Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida Afrikadan kurerlik jönatmasi orqali yuborilgan 728 gramm kokain hamda Böstonliq tumanida parvarişlanayotgan 17,6 ming tup köknori va 9 tup kannabis ösimligi aniqlangan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: