USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Farğonada opa-uka narkosavdogarlar uşlandi

70 марта
Фарғонада опа-ука наркосавдогарлар ушланди

Farğona viloyati va Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida 1 kilogrammdan ortiq gaşiş hamda 700 grammdan ziyod Alfa-PVP sintetik giyohvandlik vositasi musodara qilindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Malum qilinişiça, tezkor tadbirlar davomida Farğona viloyatining Buvayda tumanida muqaddam Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar) 2-qismi bilan sudlangan ayol tuğişgan ukasiga 1 kilogramm 50 gramm gaşişni tanişi orqali yuborayotgan vaqtida uşlangan.

Tezkor suriştiruvlar davomida ayolning ukasi ham mazkur jinoyatga şerik ekani aniqlangan. U ham avval Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik), 273-moddasi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) va 276-modda (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar)lari bilan sudlangani malum bölgan. Holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Şuningdek, Toşkent şahrining Çilonzor tumanidagi Qatortol köçasida ötkazilgan tezkor tadbirda 1988 yilda tuğilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan sudlangan ayol uşlanib, uning yonidan 5 gramm Alfa-PVP topilgan.

Tadbir davom ettirilib, ayni manzilda Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar) böyiça sud jarayoni davom etayotgan yigit şerigi bilan qölga olingan. Ular boşqaruvidagi avtomaşinadan ham Alfa-PVP aniqlangan.

Bundan taşqari, gumondorlarning ijarada yaşab kelgan xonadonlari közdan keçirilganda 700 gramm Alfa-PVP, zip-paketlar va elektron tarozi topilgan.

Bildirilişiça, gumondorlar olti oy davomida internetdagi narkodökon uçun kurerlik qilib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan ham Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xorazm va Namangan viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida şokolad qadoqlariga yaşirilgan qariyb 1 kilogramm gaşiş moddasi hamda Yangiqörğon tumanida 423 tup kannabis ösimligi yetiştirilayotgani aniqlangan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: