Toşkent va Samarqandda qariyb 6 kilo narkotik modda musodara qilindi
Toşkent hamda Samarqand viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, Bekobod şahrida Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 273-moddasida (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, 2025 yildan buyon qidiruvda bölgan 1992 yilda tuğilgan şaxs qölga olingan. Uning ijaraga olgan xonadoni közdan keçirilganda muzlatgiç içidan 151 gramm “opiy”, hojatxona şaxtasidan esa 4 kg 971 gramm “gaşiş” moddasi topilgan. Tergov malumotlariga köra, uşbu narkotik moddalar qöşni davlatdan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boşqarmasi, Çegara qöşinlari hamda içki işlar organlari hamkorligida Urgut tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda 2003 yilda tuğilgan ikki nafar fuqaro 932 gramm “gaşiş” va 2,5 gramm “opiy” moddasini şartli xaridorga 10 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, gumonlanuvçilarga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatining Pop tumanida 1 kilogrammdan ortiq “gaşiş” moddasini olib ketayotgan haydovçi uşlangandi.