Avtobusda narkotik sotayotgan haydovçi uşlandi
16-03-2026, 12:41
437 марта

Avtobusda narkotik sotayotgan haydovçi uşlandi
Toşkent viloyatida jamoat transportida giyohvandlik vositasi sotayotgan avtobus haydovçisi qölga olindi. Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.Malum qilinişiça, Nurafşon şahrida jamoat transporti haydovçisi bölib işlovçi, 1985 yilda tuğilgan şaxs Bobur köçasida boşqaruvidagi xizmat avtobusi içida şartli xaridorga 2 dona politilen öramdagi “gaşiş” giyohvandlik vositasini 400 ming söm evaziga sotgan vaqtida daliliy aşyo bilan uşlangan.
Tadbir davomida uning yonidan hamda boşqaruvidagi avtobusdan yana 9 ta öramda, jami 11 öramda 5 gramm gaşiş giyohvandlik vositasini sotiş maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.