USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

3 ta hududda 20 kilodan ortiq narkotikni saqlaganlar uşlandi

373 марта

3 ta hududda 20 kilodan ortiq narkotikni saqlaganlar uşlandi 

Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahrida jami 20,2 kg narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Qayd etilişiça, Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toşkent şahrida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan fuqaro muqaddam narkokurerlar tomonidan Ohangaron tumanidagi dala maydoniga yaşirib ketilgan 4 kg 935 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasini olgan vaqtida uşlangan. 

Aniqlanişiça, internet-narkodökonning “omborçi” lavozimidagi işçisi hisoblangan mazkur şaxs köp miqdordagi giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida yaşirib ketilgan lokatsiyalardan oliş va qismlarga ajratgan holda, respublikaning turli viloyatlariga yetkazib beriş bilan şuğullangan. 
DXX xodimlari tomonidan Toşkent şahrining Yangihayot tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Olmazor tumanida istiqomat qiluvçi, 1981 yilda tuğilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan şaxs töxtatilib, uning qölidagi 1 dona xöjalik qopi xolislar iştirokida közdan keçirilganda, unda 9 kg 829 gr “gaşiş” moddasi borligi malum bölgan va aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan. 
Qaşqadaryo viloyatida qayd etilgan holatda Davlat xavfsizlik xizmati hamda Içki işlar organlari xodimlari hamkorligida, Qarşi şahrida istiqomat qiluvçi, 1959 yilda tuğilgan fuqaroning yaşaş xonadoni tegişli tartibda közdan keçirilgan. Natijada u muqaddam qöşni davlatlarning biridan olib kelingan 4 kg 652 gr “opiy”, 380 gr “gaşiş” va 492 gr “marixuana” giyohvandlik vositalarini kelgusida mijozlarga sotiş maqsadida saqlab kelayotgani malum bölgan. 

Hozirda har uçala holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (Kontrabanda) 2-qismi va 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: