Toşkentda 50 yoşli ayol avtobus tagiga yotib oldi
Toşkent şahridagi “Kadişeva” bozori yaqinida mast holatda 50 yoşli ayol avtobus tagiga yotib olib, transport harakatini töxtatib qöydi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum bölişiça, hodisa bugun, 25 iyul kuni soat 08:00 larda sodir bölgan. Yaşnobod tumani Beşariq köçasida 1976 yilda tuğilgan Ye.A. mast holatda yölning qatnov qismiga yotib olgan. Videoda ayol yölning örtasida yotgani, avtobus esa bir muddat töxtagaç, orqaga harakatlanib uni çetlab ötgani aks etgan.
IIBB malumotiga köra, fuqaro bilan suhbat ötkazilganda uning spirtli içimlik tasirida ekani aniqlangan. Şundan söng, u içki işlar va tibbiyot xodimlari tomonidan 4-son şahar klinik şifoxonasi hududidagi huşyorxonaga olib borilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yaşnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. Tekşiruv yakunlariga köra, qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli qaror qabul qilinişi bildirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq 25 yoşli yigit Toşkent şahrida yarim tunda yöl örtasida yarim yalanğoç yurib, avtomobillar harakatiga xalaqit bergani haqida xabar qilingan edi.