Toşkentda avtobus piyodani urib yubordi
Keça, 21 iyun kuni Toşkent şahrida King Long rusumli avtobus haydovçisi piyodani urib yubordi. Bu haqda “Toşşahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Hodisa soat 21:00 larda Yakkasaroy tumanidagi Şota Rustaveli köçasida sodir bölgan.
Malum qilinişiça, avtobus haydovçisi Z.D. boşqaruvidagi avtobusni Janubiy vokzal tomon haydab borayotgan vaqtda piyodalar ötiş joyidan svetoforning qizil çiroğida yugurib ötgan piyodani (2000 yilda tuğilgan) urib yuborgan.
Avtobus haydovçisi zudlik bilan transport vositasini töxtatib, jabrlanuvçini tez tibbiy yordam avtomobilida 16-sonli Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borgan.
Sodir bölgan yöl-transport hodisasi Toşkent şahar IIBB masul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Qöqon şahrida Malibu-2 avtomobilining voyaga yetmagan haydovçisi sodir etgan yöl-transport hodisasi oqibatida 10 yoşli qizaloq vafot etgan edi.