USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Soliq qömitasi raisining sobiq birinçi örinbosari 8 yilga qamaldi

149 марта
Солиқ қўмитаси раисининг собиқ биринчи ўринбосари 8 йилга қамалди

Soliq qömitasi raisining sobiq birinçi örinbosari Mubin Mirzayev 8 yilga qamaldi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari xabar berdi.

Qayd etilişiça, sudning hukmi bilan Mubin Mirzayev Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining “a” bandi, 205-moddasi 2-qismining “a” bandi (mansab vakolatini juda köp miqdorda zarar yetkazgan holda suiistemol qiliş) va 208-moddasida (hokimiyat harakatsizligi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 8 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Boşqalar, yani Mirzayev bilan sudlangan yana 8 nafar şaxsga nisbatan jinoyat işi körib çiqilib, uşbu sudlanuvçilar ham tegişli moddalar bilan aybli deb topilgan hamda ular ham 4 yildan 9 yilgaça bölgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.

Şuningdek, sud hukmi bilan yetkazilgan zararlar undirilişi ham belgilangan.

Malumot uçun, Mubin Mirzayev 2018 yil 27 dekabr kuni Davlat soliq qömitasi raisiga birinçi örinbosar etib tayinlangan. Bungaça u Iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari bölib işlagan.

Eslatib ötamiz, Mubin Mirzayev 27 yanvar kuni prezident raisligidagi videoselektor yiğilişida işdan olingandi. Bunga Soliq qömitasida qöşilgan qiymat soliğidan suniy ortiqça tölov hosil qiliş orqali uni byudjetdan noqonuniy qoplaş holatlari köpaygani, 2025-yilda mazkur yönaliş böyiça 20 nafar soliq xodimiga jinoyat işi qözğatilgani sabab bölgandi. Mirzayev loqaydlik va masuliyatsizlikda ayblanib, lavozimidan böşatilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: