USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

IIV vazirining sobiq örinbosari Bekmurod Abdullayev işi sudda köriladi

221 марта
ИИВ вазирининг собиқ ўринбосари Бекмурод Абдуллаев иши судда кўрилади

Içki işlar vazirining sobiq örinbosari Bekmurod Abdullayevga oid jinoyat işi 29 iyul kuni Jinoyat işlari böyiça Yangihayot tuman sudida körib çiqiladi. Bu haqda sud materiallarida malum qilingan.

Sud hujjatlariga köra, Abdullayev Bekmurod Tojimirzayeviç Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) “a”, “b” va “g” bandlari böyiça ayblanmoqda.

Mazkur jinoyat işi doirasida jami 30 nafar şaxsga nisbatan ayblov qöyilgan. Qayd etilişiça, ularning aksariyati Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” va “v” bandlari bilan bir qatorda boşqa iqtisodiy va mansabga oid jinoyatlarda ham ayblanmoqda.

Ilova qilingan sud röyxatiga köra, ayblanuvçilar orasida sobiq mansabdorlar Hoşim Yöldoşev, Jahongir Qurbonov va Dilşod Taşev ham bor. Ularga nisbatan özlaştiriş yoki rastrata, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qiliş, mansab soxtakorligi, şuningdek ayrim holatlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş kabi moddalar böyiça ayblovlar ilgari surilgan.

Eslatib ötamiz, Bekmurod Abdullayev 2021 yil aprel oyidan Içki işlar vaziri örinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği lavozimida işlab kelgan. U 2025 yil 3 noyabr kuni lavozimidan ozod etilgan. 

2026 yil yanvar oyida esa Içki işlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard söm byudjet mablaği özlaştirilgani aniqlanib, vazir örinbosari Bekmurod Abdullayev va departament boşliği Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan va uning qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqalgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: